Kontent qismiga oʻtish

1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ramzi.
Mezbon shahar Parij, Fransiya
Millatlar 44
Atletlar 3 089 (2 954 erkak, 135 ayol)
Musobaqalar 17 ta sport turi boʻyicha 126 ta (23 ta yo‘nalish)
Ochilish 1924-yil 5-iyul
Yopilish 1924-yil 27-iyul
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Stade Yves-du-Manoir

1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux olympiques d'été de 1924), rasmiy nomi VIII Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux de la VIIIe olympiade) va rasmiy brendi Paris 1924 — Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari musobaqasi. Ochilish marosimi 1924-yil 5-iyulda boʻlib oʻtdi, biroq ayrim musobaqalar 4-maydayoq boshlangan edi. Bu oʻyinlar Parij mezbonlik qilgan ikkinchi olimpiada boʻldi (1900-yildan soʻng).

1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari mezbonini tanlash jarayonida oltita nomzod ishtirok etdi va Parij Amsterdam, Barselona, Los-Anjeles, Praga hamda Rimdan ustun kelib, 1921-yilda Lozannada boʻlib oʻtgan XX Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi sessiyasida mezbon sifatida tanlandi[2]. Oʻyinlar xarajati 10 000 000 frank (2022-yilda taxminan 10,1 million yevroga teng) deb baholangan. Umumiy tushum 5 496 610 frankni (2022-yilda 5,53 million yevro) tashkil etgan. Kuniga 60 ming tomoshabinni jalb etishiga qaramay, olimpiada katta moliyaviy zarar bilan yakunlangan[3]. AQSh terma jamoasi umumiy hisobda birinchilikni qoʻlga kiritdi. AQSh 229 sportchi bilan ishtirok etgan boʻlsa, Fransiya tarkibida 401 sportchi qatnashdi.

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1924-yilgi olimpiadada ishtirok etgan davlatlar
Sportchilar soni

1924-yilgi Olimpiada oʻyinlarida jami 44 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya oʻyinlarda ishtirok etmadi, chunki tashkiliy qoʻmita tomonidan taklif qilinmagan edi[4]. Xitoy, Ekvador, Irlandiya, Litva va Urugvay ilk bor olimpiada oʻyinlarida qatnashdi. Filippin esa ilk bor milliy delegatsiya sifatida olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Latviya va Polsha ham birinchi marta Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashdi, ular ilgari 1924-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan edi.

1924-yilgi olimpiadada quyidagi davlatlar ham ishtirok eti: Avstriya, Bolgariya, Kuba, Gaiti, Vengriya, Meksika, Ruminiya va Turkiya.

Oʻsha davrda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Janubiy Afrika va Irlandiya Britaniya imperiyasi tarkibidagi dominionlar edi. Hindiston ham Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlib, biroq dominion maqomiga ega emas edi.

Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari
  • Republic of China (1912–1949) Xitoy ham ochilish marosimida qatnashdi, biroq uning toʻrtta sportchisi (barchasi tennischilar) musobaqada ishtirok etishdan voz kechdi[5]

Milliy olimpiya qoʻmitalari boʻyicha sportchilar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medallar hisobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yilgi Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan davlatlar.

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami NJT
1AQSH bayrogʻi AQSH45272799625,55
2Finlandiya bayrogʻi Finlandiya14131037256,5
3Fransiya bayrogʻi Fransiya13151038277,5
4Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya9131234241
5Italiya bayrogʻi Italiya83516128
6Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya781025160,5
7Norvegiya bayrogʻi Norvegiya5231064
8Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya4131229221,5
9Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya4151071
10Belgiya bayrogʻi Belgiya3731389
11Avstraliya bayrogʻi Avstraliya312636
12Daniya bayrogʻi Daniya252970,5
13Vengriya bayrogʻi Vengriya234958
14Yugoslaviya bayrogʻi (1945-1991) Yugoslaviya200233,75
15Chexoslovakiya bayrogʻi Chexoslovakiya1451063,5
16Argentina bayrogʻi Argentina132641
17Estoniya bayrogʻi Estoniya114633
18Janubiy Afrika bayrogʻi JAR111321
19Urugvay bayrogʻi Urugvay10017
20Avstriya bayrogʻi Avstriya031432,5
20Kanada bayrogʻi Kanada031437,6
22Polsha bayrogʻi Polsha011212
23Gaiti bayrogʻi Gaiti00116,5
23Yaponiya bayrogʻi Yaponiya001113
23Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya00116
23Portugaliya bayrogʻi Portugaliya00119
23Ruminiya bayrogʻi Ruminiya00114
28Misr bayrogʻi Misr00006
28Ispaniya bayrogʻi Ispaniya00006
30Braziliya bayrogʻi Braziliya00003
30Irlandiya bayrogʻi Irlandiya00003
32Latviya bayrogʻi Latviya00002
33Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg00001
33Chili bayrogʻi Chili00001
Jami126127125378
  1. International Olympic Committee (2013-yil 13-sentyabr). „Factsheet - Opening Ceremony of the Games of the Olympiad“. Press-reliz.
  2. „Past Olympic host city election results“. GamesBids. 2011-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-mart.
  3. Zarnowski, C. Frank (Summer 1992). "A Look at Olympic Costs". Citius, Altius, Fortius 1 (1): 16–32. http://library.la84.org/SportsLibrary/JOH/JOHv1n1/JOHv1n1f.pdf. Qaraldi: 10 August 2017.1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari]]
  4. Guttmann, Allen. The Olympics: A History of the Modern Games. Urbana and Chicago: University of Illinois Press, 1992 38-bet. ISBN 0-252-01701-3. 
  5. Les Jeux de la VIIIe Olympiade Paris 1924 – Rapport Officiel (fr) M. Avé: . Paris: Librairie de France. Qaraldi: 2012-yil 16-oktyabr (2011-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan). „39 seulement s'alignérent, ne représentant plus que 24 nations, la Chine, le Portugal et la Yougoslavie ayant déclaré forfait.“