Kontent qismiga oʻtish

1912-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mezbon shahar Stokgolm, Shvetsiya
Millatlar 28
Atletlar 2,406 (2359 erkak, 47 ayol)
Musobaqalar 14 ta sport turi boʻyicha 102 ta (18 ta yoʻnalish)
Ochilish 1912-yil 06-iyun
Yopilish 1912-yil 22-iyul
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Stokgolm Olimpiya stadioni

1912-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (shvedcha: Olympiska sommarspelen 1912), rasmiy ravishda V Olimpiada oʻyinlari (shvedcha: Den V olympiadens spel) hisoblanadi. 1912-yil 6-iyuldan 22-iyulgacha Shvetsiyaning Stokgolm shahrida oʻtkazilgan. Oʻyinlarning ochilish marosimi 6-iyul kuni boʻlib oʻtgan.

Oʻyinlarda 28 ta davlatdan 2 408 nafar sportchi, jumladan 48 nafar ayol sportchi, 14 sport turidagi 102 ta musobaqada ishtirok etgan. Barcha musobaqalar bir oy ichida, 6-iyuldagi rasmiy ochilish marosimidan soʻng oʻtkazilgan. Tennis musobaqalari (5-mayda boshlangan), shuningdek futbol va oʻq otish musobaqalari (ikkalasi ham 29-iyunda boshlangan) bundan mustasno. Bu Olimpiada soʻnggi bor sof oltin medallar topshirilgan oʻyinlar boʻldi va Yaponiya ilk bor qatnashganligi sababli, Osiyodan rasmiy jamoa ishtirok etgan birinchi jamoa sifatida tarixda qoldi. Stokgolm oʻyinlarni oʻtkazish uchun yagona nomzod boʻlib, 1909-yilda tanlab olingan.

Mezbonni tanlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Londonda oʻtkazilgach, Shvetsiya rasmiylari keyingi oʻyinlarni oʻz mamlakatida oʻtkazishga harakat qilishdi. Oʻsha paytda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) tarkibida ikki nafar shvetsiyalik aʼzo – Viktor Balck va Clarence von Rosen bor edi[2]. Ular ushbu gʻoyani Shvetsiyaning yengil atletika va gimnastika boʻyicha boshqaruv organlariga taqdim etib, potensial nomzodlikka ularning qoʻllab-quvvatlashini taʼminlashga intildilar. 1909-yil 18-aprelda milliy sport uyushmalari agar zarur moliyaviy shart-sharoitlar yaratilsa Stokgolmda olimpiadani oʻtkazish uchun nomzodlik berishga rozilik bildirdilar[3]. Stokgolm nomzodligining dastlabki rejalarida oʻyinlarni oʻtkazish uchun 415 000 krona (£23 050 yoki $115 250) sarf boʻlishi kutilayotgani eʼlon qilingach, 1909-yil 6-may kuni qirol Gustaf Vga petit­siya topshirildi. Hukumat qirol nomidan bu petit­siyani qabul qilib, nomzodlikni qoʻllab-quvvatladi.

28-may kuni Berlinda oʻtkazilgan XOQ yigʻilishida shvetsiyalik vakillar Stokgolmda keyingi oʻyinlarni oʻtkazish uchun toʻliq moliyaviy kafolatga ega ekanliklarini bildirdilar. Germaniya XOQ vakili bilan 1916-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarini Berlin mezbonlik qilishi sharti bilan kelishuvga erishildi. Pierre de Coubertin yigʻilishda soʻzga chiqib, Shvetsiya oʻyinlarning muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlashi kerakligi haqida oʻz xavotirini bildirdi, chunki u 1908-yilgi oʻyinlarda Buyuk Britaniya bilan yuzaga kelgan muammolar takrorlanishini istamasdi. U, shuningdek, "Oʻyinlar yanada sof sport ruhi bilan oʻtishi, yanada nufuzli, bosiq, klassik va badiiy talablar asosida va eng asosiysi, arzonroq boʻlishi lozim, " degan fikrni ilgari surdi[4]. Shunday qilib, yagona nomzod shahar sifatida 1912-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish huquqi Stokgolmga berildi.

Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarida 12 ta sport inshootidan foydalanilgan. Bu futbol turniri uchun bir nechta stadionlardan foydalanilgan ilk Olimpiada boʻlib, bu anʼana keyingi oʻyinlarda ham davom etmoqda. Stokgolm Olimpiya stadioni 1956-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ot sporti musobaqalari uchun mezbonlik qilgan. Råsunda stadioni esa futbol boʻyicha 1958-yilgi Jahon chempionati va futbol boʻyicha 1995-yilgi ayollar Jahon chempionati oʻyinlari uchun arenalardan biri boʻlgan. Dastlabki nomzodlik hujjatlarida yangi stadion qurilishi zarurligi qayd etilgan. Mablagʻni tejash maqsadida stadionning faqat bir tribunasi doimiy boʻlishi, qolgan uch tribunasi yogʻochdan qurilib, oʻyinlardan soʻng demontaj qilinishi koʻzda tutilgan. Ushbu stadion qurilishi 235 000 kronaga baholangan.[3]. Milliy qoʻmitalar bilan Östermalm yengil atletika maydoni va Tranebergdan foydalanish boʻyicha kelishuvlar tuzilgan[5].

Velosport boʻyicha shosse poygasi Shvetsiyadagi uchinchi yirik koʻli – Mälaren atrofidagi yoʻnalishda oʻtkazilgan[6]. Suv sport turlari, jumladan suzish va eshkak eshish musobaqalari Djurgårdsbrunnsviken hududida boʻlib oʻtgan va bu yerda vaqtinchalik stadion qurilgan. Kaknäs avvalldan oʻq otish maydoni sifatida foydalanilgan boʻlsa-da, olimpiada musobaqalariga moslashtirish uchun ayrim oʻzgartirishlar kiritilgan. Östermalm dastlab olimpiya stadioni sifatida rejalashtirilgan boʻlsa-da, keyinchalik bu yerda tennis pavilyoni boshqa joydan koʻchirib keltirilib, maysazor tennisi va qilichbozlik musobaqalari oʻtkazilgan[7].

Östermalm yengil atletika maydonidan tashqari yana beshta joy olimpiya stadionini qurish uchun koʻrib chiqilgan. Stokgolm Olimpiya stadioni avvalgi Stokgolm yengil atletika maydoni oʻrnida qurilgan. Stadion shahar shimolida, mavjud sport inshootlariga yaqin joyda qurilgan. Dastlab yogʻoch stadion uchun 400 000 kron miqdorida mablagʻ ajratilgan, ammo meʼmor Torben Grut tosh stadion loyihasini ham ishlab chiqqan[8]. Shvetsiya Markaziy sport uyushmasi bilan muzokaralardan soʻng tosh stadion qurish maʼqul koʻrilgan va milliy lotereya orqali qoʻshimcha mablagʻ ajratilgan, shart shuki, qoʻshimcha mablagʻlar talab qilinmasligi kafolatlangan[9]. Shunga qaramay, tosh stadionning dastlabki smetasi juda qimmat deb topilgan va loyiha soddalashtirilib, xarajatlar kamaytirilgan. 1910-yil 2-noyabrda pudratchi bilan kelishuv imzolangan boʻlib, stadion 1912-yil 25-mayga qadar toʻliq foydalanishga topshirilishi kerak edi[10].

Manzil Sport turlari Sigʻim Manba.
BarkarbyZamonaviy beshkurash (yurish)Roʻyxatda yoʻq. [11]
DjurgårdsbrunnsvikenSuvga sakrash, zamonaviy beshkurash (suzish), akademik eshkak eshish, suzish, suv polosiRoʻyxatda yoʻq. [12]
FältrittklubbenOt sportiRoʻyxatda yoʻq. [13]
KaknäsZamonaviy beshkurash (oʻq otish)Roʻyxatda yoʻq. [14]
LiljeholmenVelosport, ot sportiRoʻyxatda yoʻq. [15]
LindarängenOt sportiRoʻyxatda yoʻq. [16]
MälarenVelosportRoʻyxatda yoʻq. [17]
NynäshamnYeklanli kema sportiRoʻyxatda yoʻq. [18]
Östermalm yengil atletika maydoniOt sporti, qilichbozlik, zamonaviy beshkurash (qilichbozlik), tennisRoʻyxatda yoʻq. [19]
Råsunda IPFutbol, oʻq otishRoʻyxatda yoʻq. [20]
Stokgolm Olimpiya stadioniYengil atletika, ot sporti, futbol (final), gimnastika, zamonaviy beshkurash (yugurish), arqon torish, Kurash33,000 [21]
Tranebergs IdrottsplatsFutbolRoʻyxatda yoʻq. [13]

Sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1909-yil 28-mayda Berlinda boʻlib oʻtgan XOQ yigʻilishida shvetsiya delegatsiyasi faqat yengil atletika, suzish, gimnastika va kurashni oʻz ichiga olgan sodda olimpiada dasturini taklif qilgan edi[22]. Biroq boshqa davlatlar dastur yanada keng qamrovli boʻlishini soʻragan va shu asosda 1911-yilgi XOQ yigʻilishida kengaytirilgan dastur taqdim etilgan va u maʼqullangan. Dasturga arqon tortish, velosport, qilichbozlik, futbol, ot sporti, tennis, eshkak eshish, otishma, konkida uchish va yelkanli sport kabi turlar qoʻshilgan[23][24].

Figurali uchish masalasi 1910-yil 7-fevralda yana muhokama qilingan va bu sport turi dasturni tark etgan. Sababi u qishki sport turi sifatida baholanib, keyingi yili boʻlib oʻtadigan Nordik oʻyinlarining bir qismi sifatida qoldirilgan. Boks esa shvedlar uchun qiziqarli boʻlmagani bois dasturdan olib tashlangan[25]. Sanʼat boʻyicha musobaqalar esa 1910-yil 14-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishda koʻrib chiqilgan va dasturga qoʻshilgan, biroq hozirda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi bu musobaqalarni rasmiy Olimpiya musobaqalari sifatida tan olmaydi.

Shu tarzda, 1912-yilgi yozgi Olimpiada dasturi 14 ta sport turi, 18 ta yoʻnalish va 102 ta musobaqani oʻz ichiga olgan. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishtirokchilar; ko‘k: birinchi marta. Sariq nuqta: Stokgolm
Sportchilar soni

1912-yilgi oʻyinlarda 28 ta davlat ishtirok etdi. Misr ilk bor qatnashdi, shuningdek, Lyuksemburg, Islandiya, Portugaliya va Serbiya ham oʻz debyutini amalga oshirdi. Yaponiya ham ilk bor olimpiadada qatnashib, tarixda birinchi marta Osiyodan ishtirok etgan davlat boʻldi. Chili esa milliy jamoa sifatida birinchi bor qatnashib, oʻyinlarga 14 nafar sportchini yubordi. Bundan avval 1896-yilgi oʻyinlarda yakka tartibda bir sportchi ishtirok etgan edi. Shuningdek, Armaniston sportchilarining ham olimpiadadagi ilk ishtiroki boʻlib, ular Turkiya (oʻsha davrda Usmonli imperiyasi nomi bilan tanilgan) jamoasi tarkibida qatnashganlar.

1908-yilgi London oʻyinlarida qatnashib, 1912-yilgi Stokgolm oʻyinlarida ishtirok etmagan yagona davlat Argentina edi.

Avstriya va Vengriya suveren davlatlar sifatida qatnashgan.

Oʻsha davrda Avstralaziya (Avstraliya, Yangi Zelandiya), Kanada va Janubiy Afrika Britaniya imperiyasi tarkibida edi. Bolemiya Avstriya tarkibida, Islandiya Daniya tarkibida, Finlandiya esa Rossiya tarkibida boʻlgan. Misr huquqiy jihatdan Turkiya nazorati ostida boʻlsa-da, 1882-yildan buyon Britaniya tomonidan boshqarilgan.

Bu olimpiada yakka tartibdagiga, yaʼni mamlakatning rasmiy tanlovidan tashqarida boʻlgan sportchilarga ruxsat berilgan soʻnggi olimpiada boʻldi. Shunday ishtirokchilardan biri Arnold Jackson edi, u 1500 metr masofaga yugurishda amerikalik uch sportchini ortda qoldirib, 0,1 soniya farq bilan gʻalaba qozondi. Bu natija oʻsha davrda „tarixdagi eng buyuk poyga“ sifatida eʼtirof etilgan. Shunga qaramay, uning medali Buyuk Britaniya hisobiga yozilgan.

Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari

Milliy Olimpiya qo‘mitalari bo‘yicha sportchilar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medallar hisobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yilgi Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan davlatlar.

Oʻrin Mamlakat Oltin Kumush Bronza Jami
1AQSH bayrogʻi AQSH 25 19 19 63
2Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 24241765
3Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya 10 15 16 41
4Finlandiya bayrogʻi Finlandiya 9 8 9 26
5Fransiya bayrogʻi Fransiya 7 4 3 14
6Olmoniya bayrogʻi Germaniya 5 13 7 25
7Janubiy Afrika bayrogʻi JAR 4 2 0 6
8Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 4 1 4 9
9Kanada bayrogʻi Kanada 3 2 3 8
9Vengriya bayrogʻi Vengriya 3 2 3 8
11Italiya bayrogʻi Italiya 3 1 2 6
12Avstralosiyo bayrogʻi Avstralosiyo 2 2 3 7
13Belgiya bayrogʻi Belgiya 2 1 3 6
14Daniya bayrogʻi Daniya 1 6 5 12
15Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 1 0 1 2
16Rossiya bayrogʻi Rossiya 0 2 3 5
17Avstriya bayrogʻi Avstriya 0 2 2 4
18Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 0 0 3 3
Jami 103 104 103 310
  1. International Olympic Committee (2013-yil 13-sentyabr). „Factsheet - Opening Ceremony of the Games f the Olympiad“. Press-reliz.
  2. Official Report (1913): p. 7.
  3. 1 2 Official Report (1913): p. 8.
  4. Official Report (1913): p. 9.
  5. Official Report (1913): p. 41.
  6. Official Report (1913): p. 63.
  7. Official Report (1913): p. 167.
  8. Official Report (1913): p. 168.
  9. Official Report (1913): p. 169.
  10. Official Report (1913): p. 171.
  11. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 82, 85. Accessed 5 October 2010.
  12. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 211-7, 221-2. Accessed 5 October 2010.
  13. 1 2 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) p. 221. Accessed 5 October 2010.
  14. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 222-4. Accessed 5 October 2010.
  15. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 439, 584. Accessed 5 October 2010.
  16. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) p. 605. Accessed 5 October 2010.
  17. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) p. 224. Accessed 5 October 2010.
  18. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 224-5. Accessed 5 October 2010.
  19. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 218–20. Accessed 5 October 2010.
  20. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 221-3. Accessed 5 October 2010.
  21. 1912 Summer Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-04-10 sanasida arxivlangan) pp. 168-211. Accessed 5 October 2010.
  22. Official Report (1913): p. 20.
  23. Official Report (1913): p. 22.
  24. Official Report (1913): p. 53.
  25. „A journey of 116 years“. Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.[sayt ishlamaydi]