1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
|
1908-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturi | |
| Mezbon shahar |
London, Angliya 51°30′49″N 0°13′39″W / 51.51362°N 0.22740°W |
|---|---|
| Millatlar | 22 |
| Atletlar | 2008 (1971 erkak, 37 ayol) |
| Musobaqalar | 22 ta sport turi boʻyicha 110 ta (25 ta yoʻnalish) |
| Ochilish | 1908-yil 27-aprel |
| Yopilish | 1908-yil 31-oktyabr |
| Marosimini ochib beruvchi |
Qirol Edward VII[1] |
| Stadion | White City stadioni |
1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (rasman IV Olimpiada oʻyinlari, shuningdek London 1908 nomi bilan ham tanilgan) – 1908-yil 27-apreldan 31-oktabrgacha Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari musobaqasi[2]. Dastlab 1908-yilgi oʻyinlar Rimda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 1906-yil 6-aprelda Vezuviy vulqonining kuchli otilishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy sabablar tufayli oʻyinlarni Londonga koʻchirish eʼlon qilindi. Mazkur otilish oqibatida 100 dan ortiq inson halok boʻlgan edi. Rim keyinchalik 1960-yilda Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qildi[3] .
Bu oʻyinlar, taklif qilingan navbatdan tashqari olimpiada (oraliq oʻyinlar)ning toʻrt yillik almashuvchi sikliga qarshi, hozirgi kunda qabul qilingan toʻrt yillik siklga muvofiq ravishda oʻtkazilgan zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining toʻrtinchisi boʻldi. Ushbu oʻyinlarda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Baron Pierre de Coubertin boʻlgan.
Umumiy hisobda 187 kun (olti oy va toʻrt kun) davom etgan bu oʻyinlar zamonaviy olimpiada oʻyinlari tarixidagi eng uzoq davom etgan musobaqalar boʻldi[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1908-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun toʻrtta shahar nomzod boʻlgan: Rim, London, Berlin va Milan. Tanlov 1904-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (IOC) 6-sessiyasida oʻtkazilib, Rim shahri gʻolib deb topilgan edi[5].
Italiya hukumati oʻyinlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda, 1906-yil 7-aprelda Vezuviy vulqonining otilishi Neapol shahrini vayron qildi. Mablagʻlar Neapolni qayta tiklashga yoʻnaltirilgani sababli yangi mezbon davlat tanlanishi zarur boʻldi. Natijada, London ilk bor olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlandi. Oʻyinlar White City stadionida, oʻsha paytdagi muhimroq tadbir boʻlgan Fransiya-Britaniya koʻrgazmasi bilan birga oʻtkazildi.
Oʻyinlar uchun qisqa muddatda qurilgan White City stadioni 68 000 tomoshabinni sigʻdira olgan va barcha tadbirlar gavjum tomoshabinlar ishtirokida boʻlib oʻtgan. Stadion trekining uzunligi 1 mil uchun 3 aylana (har bir aylana 536,448 metr) boʻlgan, chunki hozirgi 400 metrlik standart 1962-yilgacha mavjud emas edi. Stadionning markaziy maydonida basseyn (suzish va suvga sakrash musobaqalari uchun) hamda platformalar (kurash va gimnastika musobaqalari uchun) joylashtirilgan edi[6].
Marafon masofasining boshlanish nuqtasidan stadiondagi marragacha boʻlgan masofa aynan oʻyinlar vaqtida belgilandi: dastlabki 25 mil masofa 26 milga uzaytirildi, shunda marafon Windsor qalʼasidan boshlanishi kerak edi. Keyin esa malika Mary iltimosiga koʻra, start Royal Nurserydan boshlanishi uchun oʻzgartirildi[7]. Britaniya rasmiylari poyga qirol qarshisida yakunlanishini taʼminlash maqsadida marrani ham oʻzgartirdilar. Bu oʻzgarishlar natijasida marafonning uzunligi 26 mil 385 yard (42,195 km) boʻldi va 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan boshlab ushbu masofa marafonning standart uzunligi sifatida qabul qilindi[8].
Sport turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jami 22 ta sport turi doirasida 25 yoʻnalish boʻyicha 110 ta musobaqa oʻtkazilgan. Dasturga golf turniri ham kiritilgan edi, biroq oʻyinlar boshlanishiga bir necha kun qolganda bekor qilindi[9]. Suzish, suvga sakrash va suv polosi oʻsha davrda bitta sport turi – suv sportining uchta yoʻnalishi boʻlgan. Arqon tortish sporti atletika tarkibida boʻlgan. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi hozirda arqon tortishni alohida sport turi sifatida tasniflaydi. Velosport boʻyicha yetti musobaqadan birida (sprint) medallar berilmadi. Yelkanli sport dasturida jami besh yoʻnalish boʻyicha start berilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, amalda faqat toʻrtta yoʻnalishda musobaqalar oʻtkazildi[10]. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.
- Suzish
- Suvga sakrash (2 ta musobaqa)
- Suzish (6 ta musobaqa)
- Suv polosi (1 ta musobaqa)
- Kamondan o‘q otish (3 ta musobaqa)
- Yengil atletika (26 ta musobaqa)
- Boks (5 ta musobaqa)
- Velosport (7 ta musobaqa)
- Qilichbozlik (4 ta musobaqa)
- Figurali uchish (4 ta musobaqa)
- Futbol (1 ta musobaqa)
- Gimnastika (2 ta musobaqa)
- Chim ustida xokkey (1 ta musobaqa)
- Jeu de paume (1 ta musobaqa)
- Lakross (1 ta musobaqa)
- Polo (1 ta musobaqa)
- Roke (2 ta musobaqa)
- Akademik eshkak eshish (4 ta musobaqa)
- Regbi (1 ta musobaqa)
- Yelkanli kema sporti (4 ta musobaqa)
- Oʻq otish (15 ta musobaqa)
- Tennis (6 ta musobaqa)
- Arqon tortish (1 ta musobaqa)
- Qayiq poygasi (3 ta musobaqa)
- Kurash
- Erkin kurash (5 ta musobaqa)
- Yunon-rum kurashi (4 ta musobaqa)
Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami 13 ta sport inshooti foydalanilgan. Qishki sport turlari ilk bor Knightsbridge hududidagi Princeʼs Skating Club maydonida oʻtkazilgan. White City stadioni zamonaviy stadionlarning ilk namunasi sifatida xizmat qilgan. Figurali uchish musobaqalari keyingi olimpiada (Stokgolm, 1912) dasturiga kiritilmagan, biroq 1920-yil Antverpendagi oʻyinlarda qayta tiklanib, 1924-yilda Chamonixda boʻlib oʻtgan birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlari boshlanishiga yoʻl ochgan[11].
White City stadioni 1934-yilgi Britaniya imperiyasi oʻyinlarining (1978-yildan beri Commonwealth Games deb ataladi) asosiy maydoniga aylangan va 1985-yilda buzib tashlanishidan avval futbol boʻyicha 1966-yilgi jahon chempionati oʻyinlariga ham mezbonlik qilgan. Butun Angliya maysazor tennis va kroket klubi esa hozirgacha Wimbledon tennis turnirilarini oʻtkazib kelmoqda. Ushbu inshoot 1908-yilgi oʻyinlardan qolgan inshootlar orasida 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun foydalanilgan yagona maydon boʻlib qolmoqda[12].
Bisley va Henleydan esa 40 yil oʻtib, 1948-yilda London yana olimpiadaga mezbonlik qilganida, sport maydonlari sifatida foydalanilgan[13].
| Venue | Sports | Capacity | Ref. |
|---|---|---|---|
| Butun Angliya klubi | Tennis | Not listed | [14] |
| Bisley Ranges, Surrey | Oʻq otish (pistolet/miltiq) | Ro‘yxatda yo‘q | [15] |
| Fransiya-Britaniya ko‘rgazmasi qilichbozlik maydonlari, Shepherd's Bush | Fencing | Ro‘yxatda yo‘q | [16] |
| Henley Royal Regatta, Oxfordshire | Akademik eshkak eshish | Ro‘yxatda yo‘q | [17] |
| Hunters Quay, Scotland | Yeklanli kema sporti (12 metr) | Ro‘yxatda yo‘q | [18] |
| The Hurlingham klubi | Suv polosi | Ro‘yxatda yo‘q | [19] |
| Northampton instituti, Islington | Boks | Ro‘yxatda yo‘q | [20] |
| Prince's Skating Club | Figure skating | Ro‘yxatda yo‘q | [21] |
| Queen's Club | Jeu de paume, Rackets | Ro‘yxatda yo‘q | [22][23] |
| Royal Victoria yaxta klubi, Ryde | Sailing (6, 7, 8 and 15 Metre) | Ro‘yxatda yo‘q | [24] |
| Southampton Water | Water motorsports | Ro‘yxatda yo‘q | [25] |
| Uxendon oʻq otish maktab klubi | Shooting (shotgun) | Ro‘yxatda yo‘q | [26] |
| White City stadioni | Kamondan o'q otish, yengil atletika, velosport (trek), suvga sakrash, chim ustida xokkey, futbol, Gimnastika, lakross, regbi, Swimming, arqon tortish, suv polosi (final), Kurash | 68,000 | [27] |
Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]

1908 yilgi olimpiada oʻyinlarida 22 ta Milliy Olimpiya qoʻmitasidan sportchilar ishtirok etgan. Bu musobaqada Finlandiya, Turkiya va Yangi Zelandiya (Avstralaziya jamoasi tarkibida) ilk bor qatnashgan. Buyuk Britaniya yagona jamoa sifatida ishtirok etgani ayrim irland sportchilarining noroziligiga sabab boʻldi[28]. Ular Irlandiya alohida ishtirok etishi kerak, degan fikrda edilar, garchi oʻsha davrda Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida boʻlsa ham[29]. Ular Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi boʻlishiga qaramay, Londonda alohida davlat sifatida ishtirok etgan Finlandiya Buyuk Gersogligining tajribasiga tayanishdi.
Irlandiyalik sportchilarning boykot eʼlon qilishi mumkinligidan choʻchigan tashkilotchilar jamoa nomini „Buyuk Britaniya/Irlandiya“ deb oʻzgartirdilar. Shuningdek, ikkita sport turi chim ustida xokkey va polo boʻyicha Irlandiya alohida jamoa sifatida qatnashdi va har ikkala yoʻnalishda kumush medalga sazovor boʻldi. Biroq, ushbu medallar Buyuk Britaniya hisobiga qoʻshildi.
Buyuk Britaniya olimpiya jamoasida jami 676 nafar sportchi ishtirok etib, musobaqadagi eng yirik delegatsiyani tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan AQSH jamoasida esa 112 nafar sportchi bor edi.
| Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari |
|---|
|
Milliy olimpiya qoʻmitalari boʻyicha sportchilar soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mamlakat | Sportchilar |
|---|---|
| 676 | |
| 363 | |
| 168 | |
| 113 | |
| 112 | |
| 88 | |
| 87 | |
| 81 | |
| 81 | |
| 69 | |
| 68 | |
| 67 | |
| 63 | |
| 32 | |
| 20 | |
| 19 | |
| 14 | |
| 7 | |
| 6 | |
| 1 | |
| 1 | |
| 1 | |
| Jami | 2,008 |
Medallar jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻrin | Mamlakat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 56 | 51 | 39 [a] | 146 | |
| 2 | 23 | 12 | 12 | 47 | |
| 3 | 8 | 6 | 11 | 25 | |
| 4 | 5 | 5 | 9 | 19 | |
| 5 | 3 | 5 | 5 [a] | 13 | |
| 6 | 3 | 4 | 2 | 9 | |
| 7 | 3 | 3 | 10 | 16 | |
| 8 | 2 | 3 | 3 | 8 | |
| 9 | 2 | 2 | 0 | 4 | |
| 10 | 1 | 5 | 2 | 8 | |
| 11 | 1 | 2 | 2 | 5 | |
| 12 | 1 | 2 | 0 | 3 | |
| 13 | 1 | 1 | 3 | 5 | |
| 14 | 1 | 1 | 0 | 2 | |
| 15 | 0 | 3 | 1 [b] | 4 | |
| 16 | 0 | 2 | 3 | 5 | |
| 17 | 0 | 0 | 2 | 2 | |
| 17 | 0 | 0 | 2 | 2 | |
| 19 | 0 | 0 | 1 | 1 | |
| Jami | 110 | 107 | 107 | 324 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ International Olympic Committee (2013-yil 13-sentyabr). „Factsheet - Opening Ceremony of the Games of the Olympiad“. Press-reliz.
- ↑ „The Olympic Summer Games Factsheet“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ „Londra 1908: le prime Olimpiadi inglesi e Dorando Pietri“ (it). giochiolimpiciparalimpici.wordpress.com (2016-yil 22-noyabr). — „Siamo nel 1901 quando il CIO si riunisce per decidere chi sarà la città ad ospitare la quarta edizione Olimpica. A contendersi questo onore ci furono Roma e Berlino, e ne uscì vincitrice la prima. Purtroppo, però, la nostra città italiana dovette ritirarsi qualche anno prima dei Giochi a causa dell’eruzione del Vesuvio“. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
- ↑ „London 1908: A short-notice replacement for Rome“. www.olympics.com (2010-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 24-may.
- ↑ „Past Olympic Host City Election Results“. GamesBids. 2011-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-mart.
- ↑ Mallon, Bill; Buchanan, Ian. The 1908 Olympic Games: Results for All Competitors in All Events, with Commentary. McFarland, 2000 — 5-bet. ISBN 978-0-7864-0598-5.
- ↑ „First appearance for flags at Olympic opening ceremony“. CBC Sports. 2008-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-iyun.
- ↑ Rhonda Jolly (3 June 2008). „The modern Olympics: an overview“. 2009-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-iyun.. Department of Parliamentary Services. p. 9.
- ↑ „Golf | Olympic competitions Abandoned“. The People (1908-yil 31-may), s. 17. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ Olympic Sports of the Past. Olympic.org. Retrieved on 9 July 2012.
- ↑ „London 2012 > The Games > Venues > Wimbledon“. London2012.com. 2010-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.
- ↑ „London 2012 > The Games > Venues > Wimbledon“. London2012.com. 2010-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-sentyabr.
- ↑ „The Official Report of the 1948 London Olympics“. la84foundation.org 43, 47–9. The Organising Committee for the XIV Olympiad. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-oktyabr.
- ↑ „The Official Report of the 1908 London Olympics“. la84foundation.org. The British Olympic Association. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 254.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 127.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 237.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 340.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 232.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, pp. 107, 296–313.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 284.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 314.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 233.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 339.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 351.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 39.
- ↑ The Official Report of the 1908 London Olympics, pp. 32–5, 40.
- ↑ Cook, Theodore Andrea. The Fourth Olympiad London 1908 Official Report. London: British Olympic Association, May 1909. Qaraldi: 2009-yil 17-iyun (2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan).
- ↑ Irish Times, 4 August 2008, article by Kevin Mallon
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Parliament & the 1908 Olympics - UK Parliament Living Heritage
- Cook, Theodore Andrea. The Fourth Olympiad London 1908 Official Report. London: British Olympic Association, May 1909. Qaraldi: 2008-yil 8-may (2008-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan).
- Mallon, Bill; Buchanan, Ian „Background“, . The 1908 Olympic Games: Results for All Competitors in All Events, with Commentary. McFarland, 2000. ISBN 978-0-7864-0598-5. Qaraldi: 2008-yil 8-may.
- Jenkins, Rebecca. The First London Olympics: 1908. Piatkus Books, 2008. ISBN 978-0-7499-5168-9.
- Video footage of the 1908 Summer Olympics
- White City Stadium/BBC radio
- The London Olympics by Russell James