Kontent qismiga oʻtish

1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

1904-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari va Luiziana savdo ko‘rgazmasiga bagʻishlangan e’lon.
Mezbon shahar Saint Louis, Amerika Qo‘shma Shtatlari
Millatlar 13
Atletlar 648 (642 erkak, 6 ayol)
Musobaqalar 16 ta sport turi boʻyicha 95 ta (18 ta yo‘nalish)
Ochilish 1904-yil 1-iyul
Yopilish 1904-yil 23-noyabr
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Saint Louis Vashington universiteti Francis Olimpiya o‘yingohi

1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (rasman: III Olimpiada oʻyinlari, shuningdek, Saint Louis 1904 nomi bilan ham tanilgan) – 1904-yilning 1-iyulidan 23-noyabrigacha Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missuri shtati, Saint Louis shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari boʻyicha musobaqalardir. Musobaqalarning asosiy qismi hozirgi kunda Saint Louisdagi Vashington universiteti hududida joylashgan Francis Olimpiya o‘yingohida tashkil etilgan. Bu Olimpiada oʻyinlari tarixda ilk bor Yevropadan tashqarida oʻtkazilgan Olimpiya musobaqasi hisoblanadi.

Rus-yapon urushi sababli yuzaga kelgan siyosiy tangliklar hamda Saint Louis shahriga sayohat qilishdagi qiyinchiliklar tufayli 1904-yilgi Olimpiada oʻyinlarida AQSh va Kanadadan tashqari boshqa davlatlardan sportchilar juda kam ishtirok etdi. Musobaqada qatnashgan 651 nafar sportchidan 69–74 nafari Shimoliy Amerika hududidan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan edi. Umumiy hisobda esa faqat 12–15 ta davlat vakillari qatnashgan. Baʼzi sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda AQSh milliy chempionati Olimpiada bilan birlashtirilgan[2]. 1904-yilgi Olimpiadada birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar uchun oltin, kumush va bronza medallarining amaldagi uchta formati joriy etilgan.

Dastlab 1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish huquqini Illinoys shtatining Chikago shahri qoʻlga kiritgan edi[3]. Biroq Saint Louis shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Luiziana savdo koʻrgazmasi tashkilotchilari ushbu qarorga qarshi chiqdilar. Ular bir vaqtning oʻzida boshqa shaharda xalqaro miqyosdagi tadbir oʻtkazilishi koʻrgazma ishtirokchilari va tushumlarini kamaytirishi mumkin deb hisobladilar. Shu sababli koʻrgazma tashkilotchilari oʻz tadbirlari doirasiga xalqaro sport musobaqalarini ham kiritish rejasini ishlab chiqishdi. Ular Chikago Olimpiada tashkiliy qoʻmitasini ogohlantirib, agar oʻyinlar Saint Louisga koʻchirilmasa, Olimpiadani ortda qoldiradigan darajadagi sport bellashuvlarini oʻtkazishlarini maʼlum qilishdi. Bu bilan ular nafaqat tomoshabinlar oqimini oʻzlariga jalb qilishni, balki Olimpiada homiylarining sarmoyasini qoplay olmaydigan darajada daromadni oʻz tomonlariga burishni rejalashtirishdi. Shunda zamonaviy Olimpiya harakati asoschisi Pierre de Coubertin vaziyatga aralashdi va Olimpiada oʻyinlarini Chikago oʻrniga Saint Louisga oʻtkazish qarorini qabul qildi.

Sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1904-yilgi Yozgi Olimpiada dasturida jami 16 ta sport turidan 18 ta yoʻnalish boʻyicha 95 ta musobaqa oʻtkazilgan. Suzish, suvga sakrash va suv polosi bir sport turining uchta yoʻnalishi hisoblanadi. 2021-yilning iyul oyida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (IOC) olimpiada tarixchisi Bill Mallonning qaysi sport turlari va musobaqalar rasmiy Olimpiya dasturiga kiritilishi kerakligi haqidagi tavsiyasini qabul qildi[4]. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.

Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saint Louis xaritasida Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar belgilangan. Creve Coeur ko‘li g‘arbda joylashgan.

1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami beshta sport inshooti foydalanilgan. Ulardan biri – Glen Echo Country Club boʻlib, u Missisipi daryosining gʻarbiy qismida qurilgan ilk golf maydonchasi hisoblanadi va 1901-yilda foydalanishga topshirilgan edi. Olimpiada bilan bir vaqtning oʻzida oʻtkazilgan Luiziana savdo ko‘rgazmasi joylashgan Forest Park hududida esa uchta olimpiya sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan. Forest Parkdagi Life Saving Exhibition Lake suvga sakrash, suzish va suv polosi boʻyicha musobaqalar mezboni boʻlgan[5][6][7].

Creve Coeur koʻli esa 1945-yilda St. Louis Countydagi ilk rasmiy bogʻ maqomini olgan[8]. Bu koʻl 1882-yildan beri eshkak eshish regattalariga mezbonlik qilib keladi va 2010-yil holatiga koʻra, bu anʼana davom etmoqda[9][10]. Francis Olimpiya o‘yingohi va unga tutash sport zali hanuzgacha Saint Louis Vashington universiteti kampusida faoliyat yuritmoqda (2021-yil holatiga koʻra). Koʻrgazma tugaganidan soʻng stadion tashqarisida 1904-yilgi oʻyinlarni yodga oluvchi bezakli darvoza qurilgan edi. 1985-yilda sport zaliga suzish havzasi ham qoʻshilgan. 1876-yilda qurilgan Forest Park 2021-yilda ham faoliyat yuritib, har yili 12 milliondan ortiq tashrif buyuruvchini jalb etadi[11][12][13]. Glen Echo Country Club esa bugungi kunda ham golf maydonchasi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

Arenalar Sport turlari Sigʻimi Manba
Creve Coeur koʻliAkademik eshkak eshishKoʻrsatilmagan [14]
Francis Olimpiya oʻyingohiKamondan o‘q otish, Yengil atletika, Velosport, Futbol, Gimnastika, Lakross, Roke, Tennis, Arqon tortish, Og‘ir atletika, Erkin urash19,000 [15]
Francis gimnaziyasiBoks, QilichbozlikKoʻrsatilmagan [16]
Forest ParkSuvga sakrash, Suzish, Suv polosiKoʻrsatilmagan [17]
Glen Echo Country ClubGolfKoʻrsatilmagan [18]

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishtirokchilar.
Koʻk = Birinchi marta qatnashdi
Yashil = Avval qatnashgan
Mezbon shahar (Saint Louis) sariq kvadrat bilan belgilangan
Har bir mamlakatdan sportchilar soni

Saint Louisdagi 1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida jami 13 ta davlat sportchilari ishtirok etgan[19]. Har bir davlat nomi yonidagi qavs ichida koʻrsatilgan raqamlar davlat nomidan qatnashgan sportchilarning sonini anglatadi. 1904-yilda Saint Louisga sayohat qilishdagi qiyinchiliklar hamda rus-yapon urushi sabab yuzaga kelgan Yevropadagi siyosiy tanglik tufayli, olimpiadada Shimoliy Amerikada sportchilaridan tashqari chetdan 69–74 nafar sportchi qatnashgan.

Ishtirok etgan Milliy olimpiya qoʻmitalari

Medallar hisobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1904-yilgi Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan davlatlar.

1904-yilgi Olimpiya o‘yinlarining 800 metr masofaga yugurish musobaqasida qo‘lga kiritilgan kumush medal
OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1 AQSh*777978234
2 Germaniya45615
3 Kanada4116
4 Kuba3003
5 Vengriya2114
6 Norvegiya2002
7 Avstriya1113
8 Buyuk Britaniya1102
9 Shveysariya1023
10 Gretsiya1012
11 Mixed team1001
12 Avstraliya0314
13 Fransiya0101
Jami (13 davlat)979291280
  1. International Olympic Committee (2013-yil 13-sentyabr). „Factsheet – Opening Ceremony of the Games of the Olympiad“. Press-reliz.
  2. „The Olympic Summer Games Factsheet“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
  3. Stead, W. T.. The Americanization of the World. Horace Markley, 1901 341-bet. 
  4. „1904 Olympic Games — Analysis and Summaries“. 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Diving at the 1904 St. Louis Summer Games: Men's Springboard“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
  6. „Swimming at the 1904 St. Louis Summer Games“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
  7. „Water Polo at the 1904 St. Louis Summer Games: Men's Water Polo“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
  8. „Parks in St. Louis County, Missouri“. co.st-louis.mo.us. St. Louis County Department of Parks and Recreation (2002). 2006-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  9. „CONTESTS AT THE OARS; THE MISSISSIPPI VALLEY REGATTA—ROWING AT PAWTUCKET“. The New York Times (1882-yil 25-iyun). 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-yanvar.
  10. „SPORTING AFFAIRS“ (1885-yil 11-may). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-yanvar.
  11. Washington University in St. Louis profile of Francis Field.[sayt ishlamaydi] – accessed November 23, 2018.
  12. Washington University in St. Louis profile of Francis Gymnasium. (Wayback Machine saytida 2016-01-25 sanasida arxivlangan) – accessed November 23, 2018.
  13. St. Louis, Missouri city profile of Forest Park. – accessed November 23, 2018.
  14. J. E. Sullivan: „Official Report of the Olympic Games of 1904 (in Spalding's Official Athletic Almanac for 1905)“. LA84 Foundation (1905-yil yanvar). 2011-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-oktyabr.
  15. J. E. Sullivan, ed. (January 1905). pp. 222–9, 233–47.
  16. J. E. Sullivan, ed. (January 1905). pp. 231, 245.
  17. J. E. Sullivan, ed. (January 1905). pp. 229, 231.
  18. Healey, Jim „Glen Echo County Club“. golfclubatlas.com (2009-yil 19-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
  19. Mallon, Bill „1904 Olympic Games – Analysis and Summaries“. LA84 Foundation (1998). 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.