Kontent qismiga oʻtish

13-hudud: Muqoyasa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
13-hudud: Ultimatum
Rejissyor(lar) Patrick Alessandrin
Prodyuser(lar) Luc Besson
Ssenariynavis(lar) Luc Besson
Rollarda David Belle
Cyril Raffaelli
Studiya(lar) EuropaCorp
TF1 Films Production
Canal+
CiBy 2000
CinéCinéma
Sofica Europacorp
Distribyutor EuropaCorp (Fransiya)
Momentum Pictures
Magnolia Pictures[1]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 106 minut
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til Fransuz tilida
Byudjeti $13,6 million
Daromadi $14.1 million[2]
Avvalgi film 13-hudud

13-hudud: Ultimatum yoki D13-U (fransuzcha: Banlieue 13[3]) 2009-yilda taqdim etilgan jangari antiutopik film. 13-hudud filmining davomi[4].

Fransiya ma’muriyati Parij shahrining 13-hududini obodonlashtirishga, bu yerda tartib oʻrnatishga va’da bergan. Biroq, va’dalarning birortasi ham bajarilmagan, bu hududda jinoyatchilik avvalgidan ham battar avj olgan. Hududda bir nechta jinoiy guruhlar gegemonlik qiladi. Mamlakat ichki xavfsizlik xizmati (DISS)ning bir guruh xodimlari esa guruhlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarib, ushbu nizolarni videotasmaga tushirib, materialni Fransiya Prezidentiga taqdim etadilar. Korrupsiya botqogʻiga botgan Xizmat xodimlarining maqsadi – “hududni bezori aholisi bilan birga bombardimon qilish va hamkorlar ko’magida zamon talabiga mos yangi shahar barpo etish”dan iborat. Bu ishlarga “halaqit” beradigan asosiy shaxslar – Damien Tomasso ishdan chetlatiladi, Leïto esa qamoqqa olinadi. Damien Leïtoni qamoqdan qochishiga yordam beradi. Leïto Damienga bir guruh yuqori amaldorlarning 13-hududni yer bilan yakson qilish rejasi borligini tushuntiradi. Damien va Leïtoning bir nechta doʻstlari birgalikda DISS xizmati bir guruh xodimlarining asl maqsadlari haqidagi dalillarni qoʻlga kiritadilar. Asosiy vazifa – yuqoridagi dalillarni Prezidentga koʻrsatib, 13-hudud aholisini saqlab qolishdan iborat.

Aktyor Rol
David Belle Leïto gangster Leïto
Cyril Raffaelli Damien Tomasso zobit Damien Tomasso
Philippe Torreton Fransiya Prezidenti Fransiya Prezidenti
Daniel Duval Walter Gassman Walter Gassman
Élodie Yung Tao Tao
MC Jean Gab'1 gangster gangster
Fabrice Feltzinger Montana Montana
James Deano Karl Karl
La Fouine Ali-K Ali-K