1097 (son)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KORPUS YARATISH JARAYONIDA SO’ROVNOMALARNING AHAMIYATI

Musaeva Fariza Maksutovna

Katta o'qituvchi

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (NIR)

Toshkent shahridagi filiali

    Annotasiya. So‘rovnomalar ma'lumotlarni to‘plashda eng ko‘p qo‘llaniladigan vositalardir. Mazkur usuldan tadqiqot ishlarini olib borish uchun ham foydalanish mumkin. Shuningdek, so‘rovnomalar maxsus maqsadlar uchun korpus yaratishda ishonchli material izlash jarayonida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, korpus yaratish jarayonida ilmiy maqolalar, maxsus kitoblar va veb-sahifalarni qidirishda mutaxassislarning yordami asosiy manba hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun maxsus savollarni tayyorlash kerak. Bunda amaliyotchi-mutaxassislarning ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish muhim vazifalardan biriga aylandi. So‘rovnomalarning keng tarqalganligini hisobga olgan holda, ularni yaratish va ulardan foydalanish oson deb taxmin qilish mumkin. Ammo shuni ta'kidlash jozki, kutilgan natijalarga erishish uchun so‘rovnomalarni shakllantirish vaqt va sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishni talab qiladi. Mazkur maqolada korpus yaratishda ma'lum mezonlar asosida so‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayoni, har bir ishlab chiqilgan savolning tahlili va so‘rovnoma yordamida mutaxassislardan olingan neft' va gaz sohasida faol ishlatiladigan so‘zlar sketchengine.eu ga kiritilib, ular yordamida mazkur sohadagi foydali vebsahifalarning linklari korpus hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etganligi yoritib berilgan. Ishlab chiqilgan onlayn so‘rovnomada jami 331 nafar mutaxassislar ishtirok etdi, olingan ma'lumotlar tahlil qilindi va qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: onlayn so'rovnomalar, tadqiqot, so'rovnoma o’tkazish, javob beruvchi, korpus yaratish, savollarni shakllantirish.

Kirish. So'nggi yillarda so'rovnomalardan foydalanish ma'lumotlarni to'plashning samarali usuli sifatida keng qo'llanilmoqda. (1, 4, 12, 13, 14) Neft-gaz sohasida yangi texnologik jihozlar, zamonaviy asbob-uskunalarning yaratilishi bo'lajak mutaxassislardan ushbu sohada qo'llaniladigan maxsus so'zlardan xabardor bo'lishlarini taqozo etadi. Shu sababdan mazkur soha mutaxasislarining bilimlari zarur omilga aylandi va so'rovnoma o'tkazish orqali ularning bilim va ko’nikmalarini o’rganish mumkinligi aniqlandi. So'rovnomalardan foydalanish juda ham ko’p insonlardan tadqiqot uchun zarur bo’lgan ma'lumot olish imkonini beradi. Tan olish kerakki, foydali ma'lumotlarni taqdim etadigan ko’plab amaliy manbalar mavjud. Biroq, tadqiqot olib borish uchun doimo ham yetarli manbalar mavjud emas, bu esa ma’lum bir maqsadda so'rovnomalar yaratilishi kerakligini talab etadi. (4, 75) Bundan tashqari, so'rovnomalar so’zlarni tahlil qilishda ishonchli mezon hiisoblanadi. Ular dissertatsiya ishlari uchun ma'lumotlarni to'plashda zarur vositadir. (8, 3) So'nggi paytlarda tilni o'qitishda korpus va uni yaratishda kompyuter vositalarini joriy etishga qiziqish ortib bormoqda. Korpusga kiritilgan ma'lumotlar to'plami ESP (maxsus maqsadlarda ingliz tili) darslarini samarali o'quv materiallari bilan ta'minlash imkonini beradi. (14, 950) Ko'rinib turibdiki, korpus yaratishning dastlabki bosqichi zarur materiallarni to'plashdan iborat. Ushbu protsedurada ESP o'qituvchilari uchun asosiy noqulay holatlardan biri to'plangan materiallar ma'lum bir sohadagi talabga mos keladimi yoki yo'qmi, chalkashlik holatidir. Bunda ESP o'qituvchilarini tashvishga soladigan muammolardan biri- to'plangan materiallar muayyan sohada ta’lim oluvchi talabalar ehtiyojlariga mos keladimi yoki yuqmi, ularning qay darajada ESP talabalariga zarur ekanligini aniqlash masalalari horijiy til o'qituvchilarini qiynab keladi. Shunday qilib, korpus yaratish jarayonida ilmiy maqolalar, maxsus kitoblar va veb-sahifalarni qidirishda mutaxassislarning yordami zaruriy omilga aylandi. Shunday qilib, ushbu maqsadga erishish uchun puxta ishlab chiqilgan savollarni tayyorlash kerak. Bunda esa mutaxassislarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda so'rovnomadan foydalanish muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur maqolada so'rovnomadan foydalangan holda korpusni shakllantirish amaliyotda qanday muhim o'rin tutganligi va so'rovnomalar korpus shakllanishida qanchalik amaliy yechim bo’la olganligi haqida ma'lumot berilgan. Ishlab chiqilgan savollar namunalari mazkur tadqiqot ishida onlayn so'rovnomaning ahamiyatini ko'rsatadi.

Adabiyot sharhi. Tadqiqot savollarini yaratishda aniq maqsadga ega bo'lish so'rovnoma yaratish talablaridan biridir. Savollar kutilgan natijani nazarda tutgan holda shakllantiriladi. Puxta o’ylanmagan savollar kerakli natijani bermaydi. Savollar kelajakda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun aniq ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo’lishi kerak. (2, 79). Shunday qilib, samarali natijalarga erishish maxsus, avvaldan o’ylangan savollarga bog'liq, chunki ular tadqiqotchilarga ko’plab imkoniyatlarni ochib beradi, masalan:

·        muhim adabiyotlarni qidirish;

·        tadqiqot ishi bo'yicha aniq qarorlar qabul qilish;

·        zarur ma'lumotlarni to'plash va ular qaysi manbaga oid ekanini aniqlash;

·        ma'lumotlarni aniq tahlil qilish;

·        ma'lum sohadagi ma'lumotlardan foydalanish.

Mildred L. Patten (8, 12) tomonidan taqdim etilgan ba'zi bir mezonlarga asoslanib, tadqiqotda so'rovnomalarni yaratish bo'yicha ba'zi tavsiyalar berilgan, so'rovnomani ishlab chiqishning asosiy bosqichi rejalashtirish va uning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olishdir. Bundan tashqari, so'rovnomalar aniq va belgilangan mezonlarga muvofiq tuzilishi kerak. Tadqiqot uchun savollarni tuzishda quyidagi mezonlar hal qiluvchi ahamiyatga ega:

-         Savollar aniq va tushunarli bo'lishi kerak;

-         Kutilgan natijalarni olish uchun savollar tadqiqot rejasiga mos bo'lishi kerak;

-         Savollar o'rtasida bog'liqlik bo'lishi kerak. Nomutanosib savollar respondentlar tomonidan qabul qilinishi ehtimoldan yiroq bo'lishi mumkin;

-         Savollar bilim doirasini boyitishga hissa qo’shishi kerak;

-         Savollar hajmi inobatga olinishi kerak, juda katta jumlalar o'quvchilarni zeriktiradi va fikrlarni jamlashga halaqit beradi.

Shuningdek, so'rovnoma tadqiqotining asosiy omillaridan biri bu boshqalar tomonidan ko'rib chiqilishi kerak. (9, 105). Gap shundaki, kimdir boshqalar ko'rishi mumkin bo'lgan ba'zi tafsilotlarni o'tkazib yuborishi mumkin. Shu maqsadda, ikki o‘qituvchi (Buyuk Britaniyaning Uorik universiteti fan doktori tadqiqotchisi Tangirova Kamilla va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (NIR) Toshkent shahridagi filiali Chet tillari kafedrasi PhD o‘qituvchisi Qodirbekova Durdona) yuqoridagi tamoyillarga asoslanib ishlab chiqilgan mavjud so‘rovnomani kozdan kechirib berishlari iltimos qilindi, ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ba’zi zarur savollar qo‘shildi, ba’zilari olib tashlandi. Puxta tahlillardan so’ng, so'rovnoma ishlab chiqildi.

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot ishida mutaxassislar uchun oltita savoldan iborat so’rovnoma ishlab chiqildi. So’rovnomada jami 331 kishi ishtirok etdi. Dastlabki so'rov ularning ish joyiga e'tibor qaratish edi, chunki respondentlarning saytlari O'zbekistonning turli burchaklaridan bo'lgan. Neft va gaz tashkilotlarining Respublikamiz bo’ylab qanchalik tarqalganligini bilish muhim edi.

Birinchi savolni tahlil qilish asosida ma’lum bo‘lishicha, mutaxassislar O‘zbekistonning turli neft va gaz tashkilotlari, jumladan, “O‘zbekneftgaz”, “Buxoro neft va gazni qayta ishlash zavodi”, “Guliston neft va gazni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Jizzaq neft va gazni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Navoiy neft va gazni qayta ishlash zavodi” MChJdan bo‘lgan. , GTL- Uzbekistan, Andijon neft va gazni qayta ishlash zavodi MChJ kabi tashkilotlarda faoliyat yuritadilar.

Ikkinchi savol ularning kasbiy faoiyatlari haqida bo'ldi, bu erda neft va gaz koniga aloqador turli kasb egalari, ya'ni muhandis, iqtisodchi, texnik, operator, ishchilar va boshqalar borligi aniq edi.

Keyingi savol mutaxassislarning kundalik ish faoliyatlarida eng ko'p ishlatadigan faol so'zlarni aniqlash edi. Ushbu ma'lumotlarga ega bo'lishdan maqsad, neft va gaz uchun ingliz tili korpusini (CEOG) kengaytirish uchun sketchengine.eu dasturiy ta’minotiga kiritilishi mumkin bo'lgan foydali veb-sahifalarni topish edi. Amaliyotchilar har kuni ishlatadigan juda ko'p kalit so'zlar aniqlandi. Biroq, sinchkovlik bilan o'rganilgandan so'ng, eng ko’p ishlatiladigan, kerakli bo’lgan kalit so'zlar aniqlandi (bosim - 47 marta, nasos - 33 marta, valf - 24 marta, (Gaz) kondensator - 21 marta, kompressor - 21 marta, rezervuar (ombor) - 12 marta, LNG (suyultirilgan gas)- 10 marta) . Keyinchalik bu so'zlar ularning chastotasini ko'rish uchun sketchengine.eu dasturiy ta’minotiga kiritildi. Bu Concordance funktsiyasi yordamida amalga oshirildi va bosim so'zi 7169 marta topildi.

Shundan so‘ng bosim so’zi bn birga ishlatiladigan otlar Word Sketch funksiyasidan foydalanib topoldi, bosim bilan eng ko‘p jamlangan so‘z 302 marta qo‘llanilgan (bosim tushishi) (2-jadval.) Ushbu mezonlardan so'ng, boshqa so'zlar (nasos stantsiyasi, eshik klapan, kompressor stantsiyasi, rezervuar bosimi, LNG ob'ekti) ularning so’z birikmalari topildi. Korpus (CEOG) hajmini kengaytirish uchun ushbu kalit so'zlar sketchengine.eu dasturiy ta’minotiga kiritildi va jami 546 ta veb-sahifa aniqlandi.

“Kasbingizda ingliz tilidagi manbalardan qanchalik tez-tez foydalanasiz” degan savolga turli manbalardan foydalanadiganlar baʼzan foydalanadiganlar - 39,3% bilan eng yuqori ko’rsatkichni, ulardan doimo foydalanadiganlar 25,1% da ikkinchi oʻrinni, ingliz tilidagi manbalardan umuman foydalanmaydigan mutaxassislar 19,3% ni ko'rsatgan bo'lsa, oxirgi o'rinni 16,3% bilan manbalardan tez-tez foydalanadiganlar egalladi. Bu shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik mutaxassislar o'z kasblarida ingliz tilidagi manbalardan foydalanadilar.

- Korpusni yaratish jarayonida mutaxassislarning qiziqish obyektlari bilan tanishish asosiy vazifalardan biri edi. Shunday qilib, keyingi savol neft va gaz sohasida eng muhim bo'lgan turli manbalarni tanlash edi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, eng yuqori o’rinni maxsus sohaga oid hujjatlar (masalan, hisobotlar, standartlar, yo'riqnomalar, qoidalar va ma'lumotnomalar)-57,7% va maxsus kitoblar-55%, ma'lumotlar bazalari va veb-saytlar. - 42% bilan ko’rsatilgan. Mutaxassislarning professional suhbatlar va ma'ruzalar videolari, ushbu soha mutaxassislarining chiqishlari (masalan: YouTube) - 38,4% ni ko'rsatdi. 11,2% bilan eng kam foydalanilgan manba ilmiy maqolalar edi.

- So'rovnoma o'tkazishda neft va gaz mutaxassislari uchun ingliz tilining ahamiyatini aniqlash ham muhim edi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, mutaxassislarning 40,5 foizi muhim, 30,2 foizi juda muhim, 24,5 foizi juda muhim emas va 4,8 foizi umuman muhim emas, deb javob berganlar. Umumiy xulosa qillib aytganda, ko'pchilik mutaxassislar ingliz tilining ahamiyatini tasdiqlaganligi ma'lum bo'ldi.

- Shuningdek, respondentlardan neft va gaz mutaxassislari faoliyatining quyida sanab o‘tilgan bo’limlarda ingliz tilining ahamiyatini (muhim, juda muhim, juda muhim emas, umuman muhim emas) ko‘rsatish so‘ralgan, masalan:

• o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kitob o‘qish

• ilmiy maqolalarni o'qish

• ilmiy maqolalar yozish

• xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish

• internetdan mavzuga oid ma'lumotlarni topish va ulardan foydalanish

• xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashish va ishtirok etish

• xalqaro konferensiya/suhbat/seminarlarda qatnashish

• stajirovka o‘tash uchun chet elga borish

• neft va gaz uskunalari bo'yicha ko'rsatmalar (o'qish/kuzatuv/yozish) bilan shug'ullanish

• professional maqsadlarda muzokaralar olib borish

• xorijiy tajriba almashish dasturida ishtirok etish

• rasmiy xatlar, elektron pochta va ijtimoiy tarmoq platformalari orqali muloqot qilish (masalan: facebook, Linkedin)

• ilmiy tadqiqot loyihalarida ishtirok etish

• veb-saytlar uchun professional ma'lumotlarni tayyorlash va yuklash

Mutaxassislarning ‘muhim’ javoblari barcha bo’limlarda eng yuqori natijani ko‘rsatdi, lekin “ilmiy maqolalar yozish” va “ilmiy maqolalarni o‘qish” past ko’rsatgich bilan namoyon bo’ldi. Bu esa ularning maqola yozishga ehtiyojlari yo'qligini ko'rsatadi. Biroq, barcha faoliyatni solishtirganda, ulardan ikkitasi ‘o'z mutaxassisligi bo'yicha kitob o'qish’ va ‘kasbiy maqsadlarda muzokaralar olib borish’ jabobini160 dan ortiq mutaxassislar‘muhim’ so'zini tanlaganlar. Muhimlik darajalari orasida ‘juda muhim’ so'zi ‘chet elga amaliyot o'tash uchun’ ga tegishli edi.

Tahlil va natijalar. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, bosim, nasos, klapan, kondensator, kompressor, rezervuar, LNG kabi mutaxassislardan olingan eng ko'p ishlatiladigan kalit so'zlar ushbu tadqiqot ishini yoritishda yordam berdi. Keyinchalik, bu faol so'zlar korpus yaratishda xizmat qildi. Ushbu jarayonda sketchengine.eu dasturiy ta’minoti korpusdagi o'sha so'zlarning chastotasini ko'rish uchun ishlatilgan. Muvofiqlik funktsiyasi bosim so'zining 7169 marta ishlatilishini ko'rsatdi. (1-jadvalga qarang). Shu tarzda boshqa faol so‘zlarning tez-tez qo‘llanishi ham aniqlandi. Bundan tashqari, korpusni kengaytirish jarayonida boshqa manbalarni (ilmiy maqolalar, maxsus kitoblar, veb-sahifalar, hujjatlar va boshqalar) ham kiritish kerak edi. Yuqorida aytib o'tilgan foydali kalit so'zlarni aniqlash maxsus sohada (neft va gaz ishi) kerakli adabiyotlarni qidirishga yordam berdi. Bundan tashqari, ESP neft va gaz fani o'qituvchisi sifatida hozirgi tadqiqotda ingliz tilining ahamiyati va mutaxassislar ingliz tilidagi manbalardan qanchalik tez-tez foydalanishlari ham muhim edi. Olingan natijalarga asoslanib, ko'pchilik mutaxassislar o'z kasblarida ingliz tilidagi manbalardan foydalanadilar. Korpusni yaratishda mutaxassislar qaysi manbalardan ko'proq foydalanayotganiga ishonch hosil qilish juda muhim edi. Ishtirokchilarning javoblari shuni ko'rsatdiki, eng yuqori ko’rsatgich maxsus sohaga oid hujjatlar (masalan, hisobotlar, standartlar, yo'riqnomalar, qoidalar va ma'lumotnomalar) 57,7 % va maxsus kitoblar 55 % ni egallagan. Bundan shuni aytish mumkinki, eng asosiy e'tibor berilishi kerak bo’lgan narsa o'sha ko’p qo’llaniladigan so’zlar bo'lishi kerakligi ayon bo'ldi. Boshqa savollarni ham diqqat bilan o‘rganar ekanmiz, respondentlar tomonidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kitob mutolaa qilish, kasbiy maqsadlarda muzokaralar olib borish yuqori mavqega ega bo‘lgani, shuningdek, xorijga amaliyot o‘tash uchun borish juda muhim ekani aniq bo‘ldi. Demak, maxsus, o’z yo’nalishlariga oid kitoblarni o'qishga ham, ushbu sohada ma'lumot almashishga ham talab katta. Shunday qilib, aniq, puxta tayyorlangan savollar tadqiqotchini izlanish sohasida o'z hissasini qo'shishi, qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazishga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. So’rovnoma natijalariga ko'ra kutilgan natijalar olindi va bu neft va gaz korpusini kengaytirishni ta'minladi.

Xulosa/Tavsiyalar. Hozirgi zamonaviy davrda ekstremal texnologik taraqqiyot zamonaviy tadqiqotchilarning ustuvor yo'nalishlarini o'zgartirishda, kerakli materiallarni tanlash va tadqiq qilishning an'anaviy usullari imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o'ynadi (13, 2). Olingan statistik ma'lumotlarga ko'ra, neft va gaz sohasida amaliyotchilarning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishi, ayniqsa, maxsus sohaga yo’naltirilgan kitoblar, hujjatlar, veb-saytlardan ma'lumot olish, xorijga chiqish va hokazolarga nisbatan eng yuqori ko'rsatkichni ko'rsatadi. Muayyan yo'nalishda tadqiqot olib borishga ishonch doimo saqlanib qolgan ESP o'qituvchilarining etishmasligi, chunki ular o'z sohalarida professional tilshunoslardir. Ma’lum bir soha mutaxassislarini tayyorlashda til o’qituvchilariga mazkur sohada mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikmalarning yetishmasligi doim asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham bu borada soha mutaxassislarining tajribalariga tayanish o‘rinlidir. (12, 236). Mazkur maqolada ana shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida, neft va gas sohasi mutaxassislari uchun so'rovnomaning ishlab chiqilishi barcha gumon va tahminlardan xalos bo’lishga yordam berdi, chunki tildan ta’lim beruvchi o’qitivchilarning mutaxassisligi lingvist bo’lgani tufayli, soha bo’yicha ko’plab qiyinchiliklar, savollar qiynashi ayni haqiqatdir. Neft va gaz sohasida ishlaydigan mutaxassislardan olingan javoblar korpus yaratilishida foydali bo'ldi va to'plangan ma'lumotlar ushbu tadqiqotda amaliy dalil bo'ldi. Yuqorida natijalarga ko’ra, universitetni tugatgandan so'ng mutaxassislar uchun ingliz tilining roli asosiy o'rinni egallashini tushunish juda yoqimli bo'ldi, bu ESP o'qituvchisini o'quvchilarni kasbiy sohaga yo'naltirishga undaydi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, so'rovnomalar nafaqat korpusni shakllantirishda, balki kelajakdagi izlanishlar uchun zarur materiallarni to'plashda, masalan, o'tkazilgan dars haqida talabalarning fikri bilan tanishish, keyinchalik darslarni rivojlantirish uchun foydali bo'lishi ham mumkin.

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.    Altmeyer, S. 2015. “Spirituality” and “Religion”—Corpus Analysis of Subjective Definitions in the Questionnaire. Semantics and Psychology of Spirituality. p 105-123.

2.    Bryman A. & Bell E. 2011. Business research methods. (3rd Ed.) Oxford University Press Inc., New York. 765 p.  

3.    Creswell, J. W. 2008. Educational research: Planning, conducting, and evaluating quantitative and qualitative research (3rd Ed.). New Jersey: Pearson Prentice Hall. 670 p.

4.    Daugavet A. & Arkadiyev P. 2021. The perfects in Latvian and Lithuanian: A comparative study based on questionnaire and corpus data. Vilnius University & Institute of Slavic Studies of the Russian Academy of Sciences. Baltic Linguistics. 12. p. 73–165.

5.    Dudley-Evans, T. and St. John, M.J. 2003. Developments in ESP. A multi-disciplinary approach. – Cambridge University Press, p. 63–71.

6.    Granger S. The computer learner Corpus: a versatile new source of data for SLA research / S. Granger // Learner English on Computer. – London: Longman, 1998.

7.    Gregersen F. et al. 2009. Language variation – European perspectives III. Selected papers from the 5th International Conference on Language variation in Europe (ICLaVE5), Copenhagen, June. Vangsnes A & Johannessen J. Reconciling corpus and questionnaire data in microcomparative syntax. University of Oslo. 261 p.

8.    Mildred L. Patten 2017. Questionnaire Research, a Practical Guide. (4th Ed.) Published by Routledge. New York. 160 p.

9.    Oppenheim AN. 1992. Questionnaire Design, Interviewing and Attitude Measurement. Pinter, London. 303 p.

10.  Pilar Garcés-Conejos Blitvich et al. 2010. A genre approach to impoliteness in a Spanish television talk show: Evidence from corpus-based analysis, questionnaires and focus groups. Intercultural Pragmatics 7-4, p. 689–723.

11.  Rama B. Radhakrishna. 2007. Tips for developing and testing questionnaires/instruments. Journal of Extension. 45 p.  

12.  Rattray J. & Jones MC. 2007. Essential elements of questionnaire design and development. University of Dundee, UK, Journal of clinical nursing, 16, p. 234–243.

13.  Shima K.et al. 2021. Web-Questionnaire-based Method for Creating Corpus containing a large number of Morphemes. The 7th International Workshop on Advanced Computational Intelligence and Intelligent Informatics (IWACIII2021) Beijing, China. 1-4 p.

14.  K.Shima, al. 2019. Efficient Corpus Creation Method for NLU Using Interview with Probing Questions. Journal of Advanced Computational Intelligence and Intelligent Informatics. 23(5), p. 947-955.

15.  Willem E. Saris & Irmtraud N. Gallhofer. 2014. Design, evaluation, and analysis of questionnaires for survey research. (2nd Ed.) Published by John Wiley & Sons. 384 p.