1-son gimnaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
1-son gimnaziya
qirgʻizcha: №1-гимназия
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°50′03″N 69°31′17″E / 39.8341°N 69.5214°E / 39.8341; 69.5214
Maʼlumot
Maktab turi Gimnaziya-internat
Sinflar 5-11
Til Qirgʻiz
Main building, Gymnasium No. 1.JPG
1-son gimnaziya asosiy binosi

1-son gimnaziya (qirgʻizcha: №1-гимназия; ruscha: Гимназия №1) Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan gimnaziya-internat.[1] Gimnaziyaning rasmiy nomi 1-son maktab-gimnaziyaidir (qirgʻizcha: №1-мектеп-гимназия, ruscha: Школа-гимназия №1).[2]

1-son gimnaziyida oʻqish bepul boʻlib, maktabda 5-dan 11-gacha sinflar bor. Gimnaziyaga odatda oʻqishga layoqati yuqoriroq boʻlgan oʻquvchilar qabul olinadi. Maktabning internatida oʻquv yili davomida asosan Laylak tumanida joylashgan qishloqlardan kelgan oʻquvchilar yashaydi. Maktabning hozirgi binosi 1961-yil qurilgan.

Dars programmasi[tahrir]

Gimnaziyaga oʻqishga layoqati yuqoriroq boʻlgan oʻquvchilar qabul olinadi. Gimnaziyaga kirish uchun imtihon topshirish kerak. Gimnaziyada Isfanadagi boshqa oʻrta maktablardagi kabi umumiy taʼlim berilsa-da, gimnaziya oʻquvchilariga koʻproq dars oʻtiladi va ular darslarni chuqurroq oʻzlashtiradilar.

Gimnaziyada matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. Gimnaziyada yana rus va ingliz tillari ham oʻqitiladi.

1-son gimnaziyida 7 yillik oʻqish oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq ikkiga boʻlinadi. 9-sinf oxirida oʻquvchilar davlat imtihonlarini topshirishadi va umumiy oʻrta maktabni bitirishganini tasdiqlovchi attestat olishadi. 10-11-sinflarda oʻqish majburiy emas. 11-sinf oxirida gimnazistlar yana bir bor davlat imtihonlarini topshirishadi.

Maktab yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini beglilashda ishtirok eta olmaydilar. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻla olishadi (masalan +4, −5, va hokazo), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Gimnaziyada ertalabdan tushgacha asosiy darslar oʻtiladi. Tushki tanaffusdan keyin yana bir, ikki yoki uch soat qoʻshimcha darslar oʻtiladi. Bu darslarda qatnashish majburiy. Har bir dars 45 daqiqa davom etadi.

Manbalar[tahrir]

  1. Isfana: Shahar profili. Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi (qirgʻizcha). 30.09.2012.
  2. Derbisheva Gulnara Tolubayevna. Knews (ruscha). 19.04.2013.

Havolalar[tahrir]