Kids Diana Show

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(✿ Kids Diana Showdan yoʻnaltirildi)
Kids Diana Show[1]
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi Eva Diana
31-mart 2014-yil (2014-03-31) (9 yosh)
Millati Ukrain[1]
Kasbi YouTuber
YouTube maʼlumoti
Kanal
Faoliyat yillari 2015-hozirgacha[1]
Janr Bolalar, kattalar
Obunachilar 61.9 million
Jami koʻrishlar 36.5 milliard
Kanal AIR[2]
100 000 ta obunachi
1 000 000 ta obunachi 2016
10 000 000 ta obunachi 2018
50 000 000 ta obunachi 2020
Yangilangan 27 August, 2020

Kids Diana Show — rus va ingliz tillaridagi YouTube kanal boʻlib, unda Diana ismli qiz, uning oilasi va doʻstlari bilan oʻynagan video lavhalari aks etgan. 2020-yil avgust oyining oxiridagi maʼlumotlarga koʻra kanaldagi obunachilar soni 62.1 million va videolardagi koʻrishlar soni 36.8 milliarddan koʻproqni tashkil etadi, shu bilan birga ushbu kanal Ukrainadagi eng koʻp obunachisi bor kanal hisoblanadi. Bundan tashqari YouTubedagi eng yirik kanallar orasida 14-oʻrin va bolalar kanallari orasida esa 4-oʻrinda turadi.[3][4]

Diananing dastlabki videolari bolalar qoʻshiqlari, ingliz tilini oʻrganish, oʻyinchoqlarni ochish hamda koʻrib chiqish va videoblogingga bagʻishlangan. Soʻnggi videolarda asosan Diana va uning ukasi Roma shirinlik yeyayotgani tasvirlangan.[2]

Diananing ukasi Roma ★ Kids Roma Show nomli kanalga ega.[2][3]

2019-yilda Business Insider ushbu kanalning yillik daromadi 2.8 million dollardan 44.7 million dollargacha boʻlganligini taxmin qildi.[5]

Kids Diana Show va Kids Roma Show YouTube kanallari Ukrainaning „AIR“ tarmogʻining bir qismiga kiradi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]