№ 94-oʻrta maktab
| № 94-oʻrta maktab | |
|---|---|
| Fayl:797977.JPG | |
| Joylashgan yeri | |
| Oqsuvkent, Qozogʻiston | |
| Maʼlumot | |
| Diniy mansublik | Hech qanaqa |
| Asos solingan sanasi | 1995-yil |
| Asoschi | Nurov Maʼmur |
| Direktor | Nurov Maʼmur |
| Til | oʻzbek |
№ 94 oʻrta maktab — Qozogʻistonning Oqsuvkent qishlogʻida joylashgan maktab. Maktab 1995-yili ochilgan.
Dars programmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻquvchilar birinchi sinfga 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.
Qozogʻistondagi va boshqa MDH mamlakatlarida ham boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (chet tilidan tashqari).
5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, joʻgʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. № 94-oʻrta maktabda darslar oʻzbek tilida oʻtiladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar rus, qozoq va ingliz tillarini ham oʻrganishadi.
Qozogʻistondagi boshqa maktablarga oʻxshab № 94-oʻrta maktabda ham ikki smenada darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchilar soni koʻpligidir.
Maktab yili 1-sentabrdan keyingi yil may oyining oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar oʻzlashtirishi 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, −5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |