№ 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
№ 5-Maksim Gorkiy nomli
umumiy oʻrta maktabi
Fayl:Безымянныйjg.jpg
Maksim Gorkiy maktab binosi
Joylashgan yeri
Sayram tumani
Oqsuvkent, Qozogʻiston
Maʼlumot
Maktab turi Umumiy oʻrta
Diniy mansublik Hech qanaqa
Asos solingan sanasi 1900-yil
Asoschi Pankratova Yelizaveta Alekseevna
Direktor Seydaliev Kuanish Kurmanalievich
Til Rus tili

№ 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktab — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri Oqsuvkentda joylashgan. Maktabning rasmiy nomi № 5-Maksim Gorkiy nomli umumiy oʻrta maktabidir (ruscha: Общеобразовательная средняя школа им. М. Горького). Maktab rus buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy (1868-1936) nomi bilan ataladi. Gimnaziyada oʻqish bepul boʻlib, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Gorkiy maktabining tarixi 1900-yildan boshlanadi. Birinchi oʻqituvchi Pankratova Yelizaveta Alekseevna boʻldi. U 1900-yildan 1926-yillar oraligʻida faoliyat koʻrsatti. 1938-yilgacha 7 yillik maktab boʻldi. 1938-yildan buyon Maksim Gorkiy nomi bilan atala boshlandi. Maktabda 6 ta sinf xonasi boʻldi. Maktab direktorlari: Pavluxin, Momanov, Meysner, Stepanov, Radchuk M. I., Chubarova, Smolyakova, Shegay, Pavlov S. I., Gutovskiy Ye.P., Dashkevich, Nigay N.G., Boyko V.F., Ostoyach P.I., Tleuberdiev B., Babenko T.M., Kim S., Kinjaev A.I lar boʻldi. Gorkiy maktabi oʻqituvchilarining anchasi Ulugʻ Vatan Urushiga qatnashgan: Rachek M. S., Vuyko V. I., Konskiy D. M.

Maktab tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabda, 2007-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 1084 oʻquvchi, 18 millat vakillari tahsil olishadi. 83 ta oʻqituvchi bilim beradi. Shulardan 19 oʻqituvchi oliy toifali, 14 oʻqituvchi 1-toifada, 30 oʻqituvchi 2 toifali, qolganlari toifasiz. Maktab direktori Seydaliev Kuanish Kurmanalievich va direktor oʻrinbosari Sadikova G.V. „Qozogʻiston Respublikasi fan alochilari“ (ruscha: "Отличник образования РК") unvoniga egadir. Sadikova G.V. 2007-yil „Astanaga 10 yil“ (ruscha: "10 лет Астаны") yubiley medali sohibasi boʻldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]