Albert Camus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(אלבר קאמיdan yoʻnaltirildi)
Alber Kamyu
Tavalludi 7-noyabr 1913-yil
Mondovi, Jazoir
Vafoti 4-yanvar 1960-yil(1960-01-04)
(46 yoshda)
Villeblevin, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya[1][2]
Koʻrsatgan taʼsirlari Fyodor Dostoyevski, Franz Kafka, Søren Kierkegaard, Herman Melville, Friedrich Nietzsche, Jan-Pol Sartr, Simone Weil
Olgan taʼsirlari Michael Novak, Thomas Merton, Jacques Monod, Jan-Pol Sartr

Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu) (7-noyabr, 1913 — 4-yanvar, 1960) fransuz adibi va faylasufi boʻlgan. Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki gʻoyaga tegishli boʻlgandan koʻra mustaqil mutafakkir boʻlishni afzal koʻrgan. U shaxsni gʻoyadan ustun qoʻygan. 1945-yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: „Yoʻq, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon koʻrishdan doimo taajjubda boʻlamiz….“ (Les Nouvelles litteraires, 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi boʻlgan. Ijodiy faoliyati 1937-yildan boshlangan. „Begona“ (1942) qissasi, „Sizif haqida asotir“ (1942) falsafiy ocherki, „Anglashilmovchilik“ (1944) va „Kaligula“ (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. „Vabo“ (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir — biriga yaqinlashtirgan. Kamyu „Isyonkor odam“ (1951) falsafiy ocherki, „Tubanlashuv“ (1956) qissasi, „Saltanat va surgun“ (1957), „Shved nutqi“ (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). „Begona“ qissasi va „Vabo“ romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Albert Camus haqida sahifa mavjud.