Ч (kirill)
Jump to navigation
Jump to search
Ч, ч — oʻzbek Kirill alifbosining yigirma beshinchi harfi. Til oldi, qorishiq (t+sh), shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Ushbu harf (tovush) soʻzning boshida (chaman, chigit, choʻl), oʻrtasida (achchiq, kichik, sochiq) va oxirida (ishonch, kech, tinch) kela oladi. Baʼzan ushbu tovush jarangsiz va portlovchi tovushlardan oldin kelganda, ch>sh, ch>s kabi talaffuz etiladi (mac, qochdi>qoshti, uchta>ushta, uch soʻm — us soʻm kabi), lekin bu fonetik hodisa imloda aks etmaydi. Turkiy xalklar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda Ch harfi oʻziga xos shakllarda uchraydi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |