Żukowo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zukowo

Żukowo
Shaharcha
Skyline of Zukowo
Zukowo
Gerb
54°20′45″N 18°21′38″E / 54.34583°N 18.36056°E / 54.34583; 18.36056 G OKoordinatalari: 54°20′45″N 18°21′38″E / 54.34583°N 18.36056°E / 54.34583; 18.36056 G O
Mamlakat Polsha
Voyevodalik Pomerania
Aholisi
 (2018-yil)
6 688
Zichligi 1400 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1
Avtomobil kodi GKA
Zukowo xaritada
Zukowo
Zukowo

Żukowo [ʐuˈkɔvɔ] (Kashubian:Żukòwò, nemischa: Zuckau, lotincha: Sucovia) — Kartuzi okrugidagi shahar. Shimoliy Polshaning Pomeraniya voevodaligidagi Kashubiya madaniy mintaqasida joylashgan. 2005-yil holatiga koʻra, shaharda 6236 nafar aholi istiqomat qiladi. U tarixiy Pomereliyada Radunia daryosi boʻyida, Gdanskdan taxminan 19 km (12 mi) janubi-gʻarbda oʻrnashgan.

Bu Polshadagi eng yosh shaharlardan biri boʻlib, 1989-yilda oʻzining shahar nizomini olgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Maryam cherkovi
Kashta oltin iplar bilan tikilgan
Żukowo maktabining kashub kashtachilik kashtasi

Żukowo Pomeraniya gertsogi Mestvin I tomonidan taxminan[1] 1209-yilda tashkil etilgan, Premonstratensian (Norbertiya) monastiri joylashgan hudud edi. Cherkov hududida Angliyada ishlab chiqarilgan alabaster figuralari mavjud. Bu yerda kashubiyalik kashta naʼmunalari hali ham qoʻllaniladi[2]. Kashubia gullari bilan bezatilgan ayollar kapotlari zlotnice deb ataldi. Ularni Żukowodagi Norbertine rohibalari XVIII asrda yasashgan. Kashta kumush hamda tilla iplar bilan tikilgan. Ayollar bosh kiyimlarini loyihalashda cherkov kashtalariga oʻxshash naqshlar mavjud va bu barokko uslubiga asoslangan. Rohibalar zodagonlar va kashubialik boy dehqonlarning qizlariga kashta tikishni oʻrgatishgan. Ana shundaylardan biri Żukowolik Marianna Okuniewska edi (1818-yilda tugʻilgan). Żukowo — Polsha Qirolligi tojidagi Pomeraniya vodiyligidagi Gdansk okrugida joylashgan mahalliy monastir tomonidan boshqariladigan cherkov qishlogʻi boʻlgan[3].

Zlotnice buyumlari juda qimmatbaho edi. Rohibalar 1772-yilda Polshaning birinchi boʻlinishi paytida mintaqa Prussiya Qirolligi tomonidan qoʻshib olingandan keyin va monaxlar 1834-yilda yopilgandan keyin ularni yasashni toʻxtatganlar. Mariannaning nevaralari — Zofia (1896-yilda tugʻilgan) va Jadwiga Ptach Ikkinchi Jahon urushi oldidan Żukowo maktabi deb nomlangan kashubialik kashta tikishni qayta tiklashni boshladilar. Bu yerda tikilgan kashtalar koʻpincha zlotnice kapotlari va antependiumlar yuzasidan joy olgan. Urushdan keyin Kashubia kashtachiligi qayta tiklangan. Uning asosiy bezak elementlari — gullar va oʻsimlik naqshlari hisoblangan. Kashubialik kashta tikish uchun munosib kashta tikuvchilar, masalan: Marianna Ptach, Zofia Ptach, Jadwiga Ptach, Maria Nowicka, Wanda Dzierzgowska, Bernadeta Reglinska[4], Ewa Wendt va boshqalar jalb qilingan. Żukowo Kashubian kashtachilik maktabi muhim nomoddiy madaniy meros hisoblanadi. 1989-yildan beri shahar gerbida boshqa buyumlar qatori Kashubiya kashtalarining palmetasi ham aks ettirilgan.

1920-yilgacha shahar, Zuckau sifatida Germaniyaning Gʻarbiy Prussiya provinsiyasidagi Karthaus tumaniga tegishli edi. 1910-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 1379 kishi boʻlgan, ulardan 339 nafari nemislar va 1037 nafari kashubialiklar va polyaklar hisoblangan[5].

1918-yilda Birinchi jahon urushidan keyin mamlakat mustaqillikka erishgandan soʻng, Żukovo Polshaga qaytarib berildi. Ikkinchi jahon urushi paytida u nemis askarlari qoʻl ostida boʻlgan va Buyuk Britaniyadan kelgan harbiy asirlar uchun internirlangan joy vazifasini oʻtagan. Mahalliy ruhoniy Bernard Gołomski 1939-yil sentabr oyida Kartuzy yaqinidagi oʻrmonda nemis Eynsatzkommando 16 boʻlinmasi tomonidan oʻldirilgan 10 nafar polshalik ruhoniylar ichida, Żukowo aholisi 1939-yilning oktyabr va noyabr oylarida Kaliska yaqinida qirgʻin qilingan polyaklar orasida boʻlgan[6]. Żukowoda Shtutthof kontslageri asirlarining qabrlari bor.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning eng koʻzga koʻringan sport klubi bu GKS Żukowo gandbol jamoasi boʻlib, u 1-Ligada (Polsha ikkinchi darajali) ishtirok etadi[7].

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Wiesław Mering (1945-yilda Żukovo shahrida tugʻilgan) polshalik Rim-katolik yepiskopi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hirsch, Theodor. Das Kloster Zuckau und seine Umgebungen während des 13. und 14. Jahrhunderts, 1853. 
  2. „Interklasa“.
  3. Biskup, Marian. Mapy województwa pomorskiego w drugiej połowie XVI w. (Polish), Toruń, 1955 — 92 bet. 
  4. „The colours of Pomeranian tradition. Kashubian embroidery - exhibition“.
  5. Landesamt, Prussia (Kingdom) Statistisches. Gemeindelexikon für die regierungsbezirke Allenstein, Danzig, Marienwerder, Posen, Bromberg und Oppeln: Auf grund der ergebnisse der volkszählung vom. 1. Dezember 1910 und anderer amtlicher quellen bearbeitet vom Königlich Preussischen Statistischen Landesamte (de). verlag des Königlichen Statistischen Landesamts, 1912. 
  6. Wardzyńska, Maria. Był rok 1939. Operacja niemieckiej policji bezpieczeństwa w Polsce. Intelligenzaktion (Polish). Warszawa: IPN, 2009 — 107, 154 bet. 
  7. „I Liga Mężczyzn Grupa A“ (Polish). ZPRP. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vilgelm Brauer (tahrir.): Der Kreis Karthaus — Ein westpreußisches Heimatbuch, Radke, Lübek 1978-yil (nemis tilida)
  • Joshua C. Blank: Kashubiyani yaratish: Kanadaning birinchi Polsha hamjamiyatida tarix, xotira va oʻziga xoslik, 2016, p.47 [1]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Gmina Żukowo