Kontent qismiga oʻtish

Şefiqa Gaspıralı

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Şefiqa Gaspiralı
Tavalludi 14-oktyabr 1886-yil
Boqchasaroy, Taurida guberniyasi, Rossiya imperiyasi
(hozirgi Qrim)
Vafoti 31-avgust 1975-yil(1975-08-31)
(88 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va Turkiya
Kasbi jurnalist, tarbiyachi, siyosatchi va ayollar huquqlari faoli
Turmush oʻrtogʻi Nasib bey Yusifbeyli
Otasi Ismoil Gaspirali
Onasi Zöhrä Aqçurina

Şefiqa Gaspıralı (ruscha: Шефика Исмаиловна Гаспринская; 1886-yil 14-oktyabrda tugʻilgan – 1975-yil 31-avgustda vafot etgan) – Qrim tatar feministi. Birinchi ayollar jurnalining bosh muharriri va nashriyotchisi sifatida faoliyat yuritgan. Qurultoy Prezidiumi aʼzosi va Qrim Xalq Respublikasi deputati. Shuningdek, bolalar bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ham xizmat qilgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Şefiqa Gaspıralı 1886-yil 14-oktyabrda Qrimning Boqchasaroy shahrida (Taurida guberniyasi, Rossiya imperiyasi) dunyoga kelgan. Şefiqa Gaspıralı mashhur qrim tatar ziyoli shaxslaridan biri, noshir, maʼrifatchi, siyosatchi va islohotchi, XX asr boshlaridagi turk madaniy va siyosiy uygʻonishining yetakchilaridan biri Ismoil Gaspirali (1851–1914)ning qizi boʻlgan. Onasi Zühre Gaspıralı Akçora sulolasiga mansub edi[1]. Oilada sakkiz farzand boʻlishgan, Refat, Danyal, Mansur, Haydar ismli toʻrt nafar akasi va Behiye, Leyla, Nigar ismli uch nafar opasi boʻlgan[1].

Gaspıralı oʻqish va yozishni otasidan oʻrgangan. Soʻngra Qrimda otasi asos solgan „Usûl-ü Cedid“ (tarjimasi „Yangi usul“) maktabida tahsilini davom ettirgan. Otasi uni opa-singillari orasidan tanlab, alohida eʼtibor bilan tarbiyalagan va taʼlimiga katta ahamiyat bergan. Onasi u 17 yoshga toʻlganida vafot etgan va shundan soʻng Gaspıralı uy yumushlari mas’uliyatini oʻz zimmasiga olgan.

Jurnalistlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gaspıralı, shuningdek, otasining „Terciman“ gazetasi nashrlarini yuritishda eng muhim yordamchiga aylangan, xatlar bilan ishlash, rus tilidan tarjima qilish, pochta va tarqatish ishlarini boshqargan. 1903-yilda ushbu gazetada oʻzining birinchi maqolasini nashr qilgan[2].

Bu davrda Gaspıralı ganjalik yosh ozarbayjon millatiga mansub Nasib bey Yusifbeyli bilan tanishgan. Yusifbeyli tez-tez Gaspıralıning otasini ziyorat qilardi. Yusifbeyli bilan siyosiy masalalardagi yozishmalari asta-sekin yaqin munosabatga aylangan va ular 1906-yilda turmush qurishgan[2].

  1. 1,0 1,1 ; Dr. Hablemitoğlu, NecipŞefika Gaspıralı ve Rusya'da Türk Kadın Hareketi (1893–1920) (tr). Toplumsal Dönüşüm Yayınları, 12 January 2005 — 672-bet. ISBN 975-6-44880-6. 
  2. 2,0 2,1 Tonar, Ayda.. „Şefika Hanım Gaspıralı'nın Hayatı“ (tr) (2020-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.