Ōkuva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ōkuva

大桑村
Qishloq
Skyline of Ōkuva
Ōkuva
Bayroq
Ōkuva
Gerb
35°41′20.8″N 137°40′18.3″E / 35.689111°N 137.671750°E / 35.689111; 137.671750 G OKoordinatalari: 35°41′20.8″N 137°40′18.3″E / 35.689111°N 137.671750°E / 35.689111; 137.671750 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 234.47 km2 (90.53 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
3 693
Zichligi 16 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0264-55-3080
Ōkuva xaritada
Ōkuva
Ōkuva
Okuva qishlogʻi Doppo togʻi bilan oʻralgan

Ōkuva (yaponcha: 大桑村 Ōkuva-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1558 ta xonadonda 3693 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 16 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 234,47 kvadrat kilometr (90,53 mi²) ga teng.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōkuva janubi-gʻarbiy Nagano prefekturasining Kiso togʻlari orasida joylashgan boʻlib, gʻarbda Atera togʻlari bilan chegaradosh. Qishloq boʻylab Kiso daryosi oqib oʻtadi. Utsugi togʻi (2864 metr) va Minamikoma togʻi (2841 metr) qishloq chegarasida qad rostlagan.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ōkuvada oʻrtacha yillik harorat 12,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1680 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C, eng past harorati esa yanvarda, 0,4 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ōkuva aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19406,274—    
19507,362+17.3%
19607,994+8.6%
19706,338−20.7%
19805,637−11.1%
19905,16−8.5%
20004,77−7.6%
20104,146−13.1%
20203,439−17.1%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Ōkuva hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Hudud Edo davrida Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo shossesida Suhara-juku va Nojiri-shuku nomli ikkita post stansiyasi paydo boʻlgan. Hozirgi Ōkuva qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish orqali tashkil etilgan.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōkuvada bitta davlat boshlangʻich maktabi hamdaa shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Milliy yoʻnalish 19

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōkuva qishlogʻidagi manzilgohlar (zamonaviy va tarixiy inshootlar)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]