İbrahim Bey II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
İbrahim Bey II
turkcha: İbrahim Bey II'
Candaroğulları beki
Saltanat 1440-1443
Oʻtmishdoshi İsfendiyar Bey
Davomchisi Kemâleddin İsmâil Bey
Tugʻilishi XIV asr
Vafoti 1443-yil
Sinop
Turmush oʻrtogʻi Seljuk Hatun (Mehmed I qizi)
Farzandlari Hatice Halime Hatun
Kemâleddin İsmâil Bey
Kızıl Ahmed Bey
Uy Candaroğulları
Otasi İsfendiyar Bey
Dini Sunni Islom

İbrahim Bey II (turkcha: II. İbrahim Bey) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1440-1443-yillar orasida boshqargan[1][2]. „Taceddin“ unvoni bilan nomlangan. Ibrahim Bey buyrugʻi bilan otasiga atab yozilgan „Cevahiru’l-Esdâf“ nomli tafsir muqaddimasida Ibrahim Bey „Sahibü's-seyf veʼl-kalem“ nomi bilan tilga olingan[3]. 1421-yilda Usmonlilar imperiyasining sultoni Mehmed Ining qizi Seljuk Hatun bilan turmush qurgan va Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi aloqalar oʻrnatishga harakat qildi.

Bek boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

İsfendiyar Bey vafot etmasidan oldin oʻgʻillari Hizir va Murodga hududlarni iqto tariqasida berib, oʻgʻli Ibrahim Beyni ulugʻ bek deb eʼlon qilgan va qolgan ikki oʻgʻlini akasi Ibrahim Beyga soʻzsiz itoat qilishini vasiyat qilib qoldirgan.[4]. Bu holat Ibrohim beyning hech qanday muammosiz hukmdor boʻlishini taʼminladi. Qisqa hukmronligi davrida u hech qanday muammoga duch kelmadi.

Hukmdorlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrahim Beyning hukmdorlik davri qisqa boʻlgan. U 1440-1443-yillar orasida 3 yillik hukmdorlik qilgan. Uning hukmdorlik davri haqida koʻp maʼlumotlar mavjud emas. Ibrahim Bey hukmdorlik davrida ham, otasi İsfendiyar Bey davridagi kabi Usmonlilar imperiyasi bilan tichlik hukm surgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

İbrahim Bey II nima sababdan vafot etganligi haqida manbalarda maʼlumotlar uchramaydi. Ibrahim Bey 1443-yil may oyida vafot etgan. Qabri Sinop shahridagi İsfendiyarlar maqbarasida joylashgan.

Bekligi davridagi arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kastamonu shahrida joylashgan Artekke/Ibrahim Bey imorati, İbrahim Bey II davrida bunyod etilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
  3. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  4. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 134.
  5. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 135.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yücel, Yaşar. Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri, 1988 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806. 
  • Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, 2019 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574. 
  • Kastamonu Tarihi: : XV'inci asrın sonlarına kadar (Türkçe). Ahmet İhsan Matbaası. 
  • Yakupoğlu, Cevdet. Çobanoğulları ve Candaroğulları Zamanında Kastamonu. Kastamonu Valiliği. ISBN 9789751740977. 
  • Gedik, Ahmet. „Candaroğlu Celâleddin Bayezid Dönemine Ait İki Kitabeye İlişkin Tashihi Gereken Bazı Hususlar“. Necmettin Erbakan Üniversitesi. 209–218-bet. 30 Mayıs 2020da asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |ölüurl= (yordam); Unknown parameter |arşivtarihi= ignored (|archive-date= suggested) (yordam); Unknown parameter |sayı= ignored (|issue= suggested) (yordam); Unknown parameter |tarih= ignored (|date= suggested) (yordam); Unknown parameter |çalışma= ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |archivedate= (yordam)
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
İsfendiyar Bey
Candaroğulları beki
1440-1443
Vorisi:
Kemâleddin İsmâil Bey