Ümit Davala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ümit Davala
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ümit Aydın Davala
Tavallud sanasi 30-iyul 1973-yil (1973-07-30) (50 yosh)
Tavallud joyi Mannheim, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1981—1990 VfR Mannheim
1990—1992 ASV Feudenheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—1994 Türkspor Mannheim 0 (0)
1994 Afyonkarahisarspor 11 (3)
1995—1996 İstanbulspor 21 (6)
1996Diyarbakırspor (Ijara) 15 (2)
1996—2001 Galatasaray 125 (15)
2001—2002 Milan 10 (0)
2002—2004 Internazionale 0 (0)
2002—2003Galatasaray (Ijara) 23 (1)
2003—2004Werder Bremen (Ijara) 22 (0)
2004—2005 Werder Bremen 11 (0)
Milliy terma jamoa
1996—2004 Turkiya 41 (4)
Boshqargan klublari
2007—2008 Turkiya U21
2013 Galatasaray (Yordamchi)
2017 Tuzlaspor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ümit Aydın Davala (1973-yil 30-iyulda tugʻilgan) — sobiq turkiyalik futbolchi va hozirda murabbiy.

Davala „Galatasaroy“dagi faoliyati davomida 1996—2001-yillarda 4 marta Superliga, 3 marta Turkiya kubogi, 1 marta UEFA kubogi va 1 marta UEFA Superkubogi gʻolibi boʻlgan.

Davala Turkiya sharafini himoya qilib xalqaro musobaqalarda 41 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urishga erishgan. U 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Turkiya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davala 1997-yilda Galatasaroyga qoʻshilishdan oldin VfR Mannheim, ASV Feudenheim, Turkspor Mannheim, Afyonspor, Diyarbakirspor va Istanbulspor klublarida oʻynagan. U ketma-ket uchta Turkiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda u „Beshiktosh“ga qarshi finalda ikkita gol urib, klubga Turkiya kubogini yutishiga yordam bergan. Oʻsha yili u klubga 2000-yilda "Arsenal" ga qarshi UEFA kubogi finalida va 2000-yilda „ Real Madrid“ ga qarshi UEFA Superkubogida gʻalaba qozonishga yordam bergan.

2001-yilning sentabrida Davala „Milan“ga oʻtgan. U oʻzining Galatasaroydagi sobiq murabbiyi, Fotih Terimga ergashishni xohlagani uchun transferni amalga oshirgan. Biroq noyabr oyida Terim ishdan boʻshatilgan va uning oʻrniga Karlo Anchelotti kelgan, shundan soʻng Davala asosiy jamoadagi oʻrnini boy bergan.

2002-yil iyun oyida Davala Dario Shimich evaziga „Internasionale“ga sotilgan, ammo darhol „Galatasaroy“ga ijaraga berilgan[1] 2003-yil iyul oyida Davala „Werder“ga ijaraga berilgan va bu klubga Bundesliga hamda DFB-Pokal dublini yutishda yordam bergan. 2004-yil iyul oyida u Bremen bilan doimiy ravishda shartnoma imzolagan, ammo jarohatlar uning faoliyatini cheklab qoʻygan. 2005-yil oktabr oyida son qismidan jiddiy jarohat olgan va 2005\06-yilgi mavsumning qishki taʼtilida Davala klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. Keyinchalik u professional futbolni tark etgan.

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davala UEFA Yevro 2000 va 2002 FIFA Jahon chempionati uchun Turkiya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Jahon chempionatida u soch turmagi bilan ajralib turgan va guruh bosqichida Xitoy jamoasiga gol urgan. Ikkinchi turda Yaponiyaga qarshi oʻyinda ham maydonga tushgan. Shuningdek, chorak finalda Ilhan Mansizning Senegalga qarshi oʻyindagi oltin goliga sabab boʻlgan ajoyib toʻp uzatishni amalga oshirgan. Turkiya turnirni uchinchi oʻrinda yakunlagan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Türkspor Mannheim 1992-93 0 0 0 0 0 0
1993-94 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0
Afyonspor 1994-95 TFF Ikkinchi Ligasi 11 3 1 0 12 3
İstanbulspor 1994-95 TFF Ikkinchi Ligasi 16 5 0 0 16 5
1995-96 TFF Birinchi

Ligasi

5 1 1 0 6 1
Jami 21 6 1 0 22 6
Diyarbakırspor (Ijara) 1995-96 TFF Ikkinchi Ligasi 15 2 0 0 15 2
Galatasaray 1996-97 1. Lig 28 3 2 0 4 0 4 1 38 4
1997-98 15 3 3 0 6 0 2 1 26 4
1998-99 25 2 8 3 6 1 39 6
1999-2000 28 0 5 2 13 3 2 0 48 5
2000-01 26 5 4 3 15 2 45 10
2001-02 Süper Lig 3 2 0 0 5 1 8 3
Jami 125 15 22 8 49 7 8 2 204 32
Milan 2001-02 A Seriya 10 0 0 0 0 0 10 0
Inter 2002-03 A Seriya 0 0 0 0 0 0 0 0
2003-04 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Galatasaray (Ijara) 2002-03 Süper Lig 23 1 3 0 5 0 31 1
Werder Bremen (Ijara) 2003-04 Bundesliga 22 0 0 0 0 0 22 0
Werder Bremen 2004-05 Bundesliga 10 0 0 0 1 0 0 0 11 0
2005-06 1 0 0 0 1 0 0 0 2 0
Jami 11 0 0 0 2 0 0 0 13 0
Karyerada jami 223 25 27 8 51 7 8 2 309 42

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Turkiya
1996 2 0
1997
1998
1999 4 0
2000 5 0
2001 9 1
2002 15 3
2003 5 0
2004 1 0
Jami 41 4

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ümit Davala tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 28.03.2001 Skopye, Makedoniya  Shimoliy Makedoniya 2-1 2-1 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
2 13.06.2002 Seul, Janubiy Koreya  Xitoy 3-0 3-0 FIFA Jahon chempionati 2002
3 18.06.2002 Miyagi, Yaponiya  Yaponiya 1-0 1-0 FIFA Jahon chempionati 2002
4 16.10.2002 Istanbul, Turkiya  Lixtenshteyn 2-0 5-0 UEFA Yevro-2004 saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya
Galatasaroy
Werder Bremen

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „IL MILAN PRENDE SIMIC A TITOLO DEFINITIVO, ALL'INTER UMIT CHE VIENE TRASFERITO IN PRESTITO AL GALATASARAY“ (italyancha). FC Internazionale Milano (29-iyun 2002-yil). 1-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2013-yil.
  2. Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548 bet. ISBN 1845131495. 
  3. „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  4. „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.