Éderzito

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Éderzito António Macedo Lopes (talaffuzi: Ederzito Antonio Makedo Lopes; 1987-yil 22-dekabrda Bisau shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, Saudiya Arabistonining „Al Raed“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1]. Éderzito Portugaliya terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi va 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2016-yilgi Yevropa chempionati finalidagi yagona gol muallifi[2].

Éderzito
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ederzito António Macedo Lopes
Tavallud sanasi 22-dekabr 1987-yil (1987-12-22) (35 yosh)
Tavallud joyi Bissau
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2006 ADC Adémia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Oliveira Hospital
2006—2008 Tourizense 42 (11)
2008—2012 Académica 83 (12)
2012—2015 Braga 60 (26)
2015—2016 Swansea City 13 (0)
2016 → Lille (ijara) 13 (6)
2016—2018 Lille 31 (6)
2017—2018 → Lokomotiv Moscow (ijara) 18 (4)
2018—2021 Lokomotiv Moscow 65 (7)
2021—2022 Al Raed 22 (6)
Milliy terma jamoa
2012—2018 Portugaliya 35 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29 iyun uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Éderzito bolaligida Gvineya-Bisaudan Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. U maktab-internatga yuborilgan va u yerda 18 yoshigacha yashab taʼlim olgan[3][4]. 2008-yil 24-avgustda „Estrela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[5].

2012-yilning yozida Éderzitoning shartnomasi tugagan va u erkin agent sifatida „Braga“ futbol klubiga oʻtgan. 2-sentabr kuni „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Éderzito yangi klub safida debyut qilgan[6][7]. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ham 6 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan. Birinchi mavsumda Éderzito 13 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Mart oyida Éderzito jarohat olgani tufayli mavsumni muddatidan oldin yakunlashga majbur boʻlgan va Portugaliya Liga kubogi gʻolibligi uchun oʻyinda maydonga tusha olmadi[8].

2015-yilning 1-iyulida Éderzito Walesning „Swansea City“ futbol klubiga kelib, uch yillik shartnoma imzolagan[9][10]. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. 8-avgust kuni „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Bafetimbi Gomis oʻrniga Angliya Premyer ligasida debyut qilgan[11].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Éderzito Portugaliya terma jamoasida Andrea Ranokkiyaga qarshi

2012-yil 11-sentabrda Éderzito Portugaliya terma jamoasida Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[12].

2014-yili terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Éderzito Germaniya, AQSh va Gana jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[13][14][15].

2015-yilning 16-iyunida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan[16].

2016-yilning yozida Éderzito Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan[17][18]. Turnirda u Islandiya, Avstriya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19].

Éderzito 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogi oʻyinlari uchun tarkibga tanlanmagan[20].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Kubok Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tourizense 2006—2007 7 1 1 0 8 1
2007—2008 34 10 1 0 35 10
2008—2009 1 0 1 0 2 0
Jami 42 11 3 0 0 0 0 0 45 11
Académica 2008—2009 24 1 6 0 30 1
2009—2010 22 4 5 2 27 6
2010—2011 21 2 6 3 27 5
2011—2012 16 5 5 1 21 6
Jami 83 12 22 6 0 0 0 0 105 18
Braga 2012—2013 18 13 7 3 7 0 32 16
2013—2014 13 3 2 1 1 0 16 4
2014—2015 29 10 10 4 39 14
Jami 60 26 19 8 8 0 0 0 87 34
Swansea City 2015—2016 13 0 2 0 15 0
Lille 2015—2016 13 6 1 0 14 6
2016—2017 31 6 5 1 1 0 37 7
Jami 44 12 6 1 1 0 0 0 51 13
Lokomotiv Moscow (ijara) 2017—2018 18 4 1 0 9 0 28 4
Lokomotiv Moscow 2018—2019 22 1 6 2 6 0 1 0 35 3
2019—2020 23 5 1 1 5 0 1 0 30 6
2020—2021 20 1 2 0 3 1 1 0 26 2
Jami 83 11 10 3 23 1 3 0 119 15
Umumiy faoliyatida 325 72 62 18 32 1 3 0 412 91

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Na ofitsialnom sayte „Lokomotiva“ ukazan kak Eder Lopes
  2. „Эдер: Роналду сказал мне, что я забью победный гол“. 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyul 2016-yil.
  3. „«Роналду сказал, что я забью победный гол». Сказочный герой финала Евро“ (ru). sports.ru (11-iyul 2016-yil).
  4. „É Éderzito mas já rima com seleção“ (pt) (14-oktyabr 2010-yil). Qaraldi: 30-may 2013-yil.
  5. „Estrela Amadora vs. Académica 1–0“. Soccerway (24-avgust 2008-yil). Qaraldi: 24-may 2013-yil.
  6. „Пасуш де Феррейра VS. Брага 2:0“ (ru). soccerway.com (2-sentyabr 2012-yil).
  7. „Braga 4–1 Rio Ave“. ESPN FC (23-sentyabr 2012-yil). Qaraldi: 24-may 2013-yil.
  8. „Éder out until summer with torn knee ligaments“. PortuGOAL (2-mart 2013-yil). 22-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2013-yil.
  9. „«Суонси» объявил о переходе Эдера“ (ru). sports.ru (1-iyul 2015-yil).
  10. „Swans seal Eder move“. swanseacity.net (1-iyul 2015-yil). 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyul 2015-yil.
  11. „Челси VS. Суонси Сити 2:2“ (ru). soccerway.com (8-avgust 2015-yil).
  12. „Portugal post Azerbaijan victory“. UEFA (11-sentyabr 2012-yil). Qaraldi: 30-may 2013-yil.
  13. „Германия VS. Португалия 4:0“ (ru). soccerway.com (16-iyun 2014-yil).
  14. „Португалия VS. Гана 2:1“ (ru). soccerway.com (26-iyun 2014-yil).
  15. „США VS. Португалия 2:2“ (ru). soccerway.com (23-iyun 2014-yil).
  16. „Италия VS. Португалия 0:1“ (ru). soccerway.com (16-iyun 2015-yil).
  17. „Португалия VS. Исландия 1:1“ (ru). soccerway.com (14-iyun 2016-yil).
  18. „Португалия VS. Австрия 0:0“ (ru). soccerway.com (18-iyun 2016-yil).
  19. „Португалия VS. Франция 1:0“ (ru). soccerway.com (10-iyul 2016-yil).
  20. www.ojogo.pt