Kontent qismiga oʻtish

Çarşaf

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sherozda çarşaf kiygan ayollar

Çarşaf (usmonli turkcha: چارشاف), charshaf deb ham yoziladi[1], oddiy, keng va boʻsh turuvchi ustki kiyim boʻlib, aslida xalatga oʻxshash libos, abaya, niqob va chodraga oʻxshaydi.

Çarşaf odatda qora boʻladi. Eroniy chodrada boʻlgani kabi, çarşaf ham odatda yuzning pastki qismini yopadi va mato burun ostiga qoʻyilgan igna bilan biriktiriladi. Baʼzan yuzning pastki qismini yopib turadigan mato qismi yon tomondan ham qadab qoʻyiladi. Chodradan farqli ravishda, çarşaf odatda ikki qismdan iborat: belgacha osilib tushadigan ustki qism va keng, polgacha yetadigan yubka kabi bichilgan pastki qism.

Çarşaf anʼanaviy islomiy kiyim turi boʻlishdan koʻra, ilk bor 19-asr oxirlariga kelib, Abdulhamid II (1876–1908) hukmronligi davrida Gʻarb taʼsirlarini rad etish shakli sifatida keng tarqala boshlagan. Shundan soʻng u sobiq Usmonlilar imperiyasining chekka hududlarida, masalan Yamanda keng qoʻllanib keldi va u yerda bugun ham keng tarqalgan.

2012-yilgi tadqiqotga koʻra (N/I, N/A 6%), Turkiyadagi ayollarning 2%idan kam qismi uni kiygan, Iroqda esa bu koʻrsatkich 5% boʻlgan[2]. Boshqa bir soʻrovga koʻra, 2012-yilda turkiyalik ayollarning atigi 0,1% qismi çarşaf kiygan[3].

Biroq, u ayollar tomonidan asosan namoz paytida kiyiladi. Bu holat Musulmon Janubi-sharqiy Osiyoda mukena libosidan foydalanishga oʻxshaydi.

Çarşaf so'zini „choyshab“ deb tarjima qilish mumkin[4], biroq bunday tarjimani diniy asosda qoʻllash masalasi bahsli hsoblanadi.

  1. Cassar Pullicino, Joseph (1962). "200 Maltese Folk-Songs". Maltese Folklore Review: 25. Archived from the original on 2016-04-16. https://web.archive.org/web/20160416220419/http://melitensiawth.com/incoming/Index/Maltese%20Folklore%20Review/Maltese%20Folklore%20Review.%201(1962)1/03.pdf. Qaraldi: 2026-02-26.Çarşaf]]
  2. „El Ezher 'kara çarşaf' tartışmasını kapattı“. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
  3. Fromm, Ali Çarkoğlu, Binnaz Toprak ; translated from Turkish by Çiğdem Aksoy. Religion, society and politics in a changing Turkey. Karaköy, İstanbul: TESEV publications, 2007 64-bet. ISBN 978-975-8112-90-6. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun (2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan). 
  4. „Tureng - çarşaf - Türkçe İngilizce Sözlük“. tureng.com. Qaraldi: 2025-yil 6-iyul.