Turkiston albomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Turkiston albomi"dan yoʻnaltirildi)

"Turkiston albomi" - fotosuratlar va rangli rasmlardan tuzilgan albom. Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman topshirigʻiga binoan, etnograf, sharqshunos olim A.L.Kun (1840—88) tomonidan 1871—72 yillarda tayyorlangan.

"Turkiston albomi" 447 kartoshsh varaq boʻlib, 1262 fotosuratlar va boʻyalgan rasmlardan tuzilgan. Etn., hunarmandchilik, arxeologiya va tarix boʻlimlaridan iborat. "Turkiston albomi"da 19-asrning 2yarmidagi hunarmandchilik; xoʻjalik turlari, urfodat va turli marosimlarni oʻtkazish, oʻzbeklarning antropologik tiplari, shahar va qishloq hayoti, shaharlar, vodiylarning manzaralari aks ettirilgan. Aksariyat tasvirlarda mahalliy xalqni vahshiy va oʻta qoloq qilib koʻrsatish maqsadi yaqqol seziladi. "Turkiston albomi" 7 nusxada tayyorlangan. Bir nusxasi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Туркестанский альбом. Часть историческая. 1871-1872. Ташкент: Тип. Туркестанского губернатора, 1872