Toshkent vino kombinati aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"TOSHKENT VINO KOMBINATI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, araq mahsulotlari, xom spirt va tozalangan spirt, uzum va olma sharbati, qayta ishlash uchun vino mahsulotlari ishlab chiqaradi "Oʻzmevasabzavot uzum sanoat" xolding kompaniyasi tarkibida. 1867-yil Toshkentda rus savdogar va sanoatchisi I. I. Pervushkin asos solgan. 1914-yilga kelib 60 ming dal vino ishlab chiqargan.

Oktyabr toʻntarishidan keyin natsionalizatsiya qilinib, "Turkvino" tresti tarkibiga kirdi. 1927-yilda "Oʻzbekvino"ga 7zavod boʻlib qoʻshiddi. Parkent va Qibrayda vino xom ashyosi tayyorlanadigan punktlar ochildi. 30-yillarda zd koʻp tarmoqli xoʻjalikka aylandi. 1962-yilda zd vino kombinatiga aylantirildi. 70-yillarda quvvati 3 mln.dal vino qoʻyishga moʻljallangan sex, quvvati 3 mln. dal araq mahsulotlari tayyorlovchi sex, kuvvati 450 ming dal boʻlgan spirt sexi ishga tushirildi. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Korxonada tayyorlangan "Hosilot", "Aloatiko", "Buvaki", "Xeres", "Farhod", "Oftobi" kabi ichimliklar, "Toshkent" aragʻi xalqaro koʻrgazmalarda oltin, kumush va bronza medallari bilan takdirlangan. 2003-yilda (ming dal) araq g 825, vino — 1298, spirt — 725 ishlab chiqardi.