Tadbirkorbank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Tadbirkorbank"dan yoʻnaltirildi)

"TADBIRKORBANK" - Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik tijorat banki. 1993-yil 7-yanvarda "Oʻzdehqonsanoatbank" negizida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning yirik taʼsischilari: "Biznesfond", "Madad" sugʻurta agentligi va boshqa Jismoniy va yuridik shaxslardan iborat aksiyadorlari 24 mingdan ortiq. "T." keng tarmokli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 ta filiali, respublika (Toshkent sh.) va viloyatlar markazlarida amaliyot boʻlimlari, 69 tuman boʻlimi, tuman boʻlimlari qoshida 42 minibank ishlaydi (2003).

Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishi — qishloqda tadbirkorlik va mulkchilikning yangi shakllarini rivojlantirishni moliyaviy qoʻllabquvvatlashdan iborat. "T." respublika qishloq xoʻjaligi. korxonalariga — dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalariga, kooperativlarga, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlovchi xususiy korxonalar va firmalarga turli bank xizmatlari koʻrsatadi. Bundan tashqari, bank kreditlar jalb etish va berish, mijozlar va muxbir banklarning hisobvaraklarini yuritish, pul jam/armalarini qabul qilish va joylashtirish, toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saqlash, faktoring va lizing xizmatlari koʻrsatishni amalga oshiradi. Bank mamlakatimizda kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol oʻynaydigan koʻp ukladli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qoʻshib kelmokda. "T." tomonidan kichik va oʻrta biznes subʼyektlariga qishloq xoʻjaligi. texnikasi va minitexnologiyalar, ehtiyot qismlar olish uchun lizing xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish, kichik va oʻrta biznes subʼyeklarini kreditlashda eksportbop yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish.ga, mahalliy xomashyoni qayta ishlash xisobiga xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. bilan bogʻliq boʻlgan loyihalarga asosiy eʼtiborni qaratmoqda. 2003-yilda 41 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatdi. Bankning ustav kapitali 2,2 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 3,85 mln. soʻm, berilgan kreditlar 12,1 mlrd. soʻm, yillik fonda 642,7 mln. sum, jami aktivlari 33,4 mlrd. soʻm, zaxira kapitali 507,3 mln. sum (2003).