Taʼmirshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Taʼmirshunoslik"dan yoʻnaltirildi)

"TAʼMIRSHUNOSLIK" - Toshkentdagi masʼuliyati cheklangan ochiq turdagi aksionerlik jamiyati. Oʻzbekiston madaniy yodgorliklarini asrash va taʼmirlash instituti (1979—2003) negizida tashkil topgan (2004). "T." qad. shaharlarning tarixiy mintaqalarini oʻrganadi, qoʻriklanuvchi mintaqalar, tarixiy meʼmoriy va etnografik muzeyqoʻriqxonalar loyihasini tuzadi; tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qiladi; meʼmoriy va mahobatli sanʼat yodgorliklarini asrash va taʼmirlash loyihasini ishlab chikadi. Oʻrta Osiyo moddiymadaniy yodgorliklarini asrash va taʼmirlashga doyr ilmiyuslubiy tavsiyanomalar beradi, taʼmirlash uchun qad. qurilish tafsilotlarini oʻrganadi va qayta tiklaydi; qoʻriqlanadigan mintaqada joylashgan mahobatli sanʼat yodgorliklari va taʼmirlash maydonlari loyihasini ishlab chiqarish "T." jamiyati ilmiy tadqiqotlari va loyihalari asosida Registon ansambli, Shohizinda, Ichan qalʼa, Koʻhna ark va boshqa yirik meʼmoriy inshootlar taʼmirlandi, Koʻhna Urganch, Mare, Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi meʼmoriy obidalarning ilmiy tadqiqot va taʼmir loyihalari ishlab chiqilgan.