Qurbonbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Qurbonbek"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"QURBONBEK" — turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan doston. Uning qoraqalpoq versiyasi Qurbonboy jirov Tojiboy oʻgʻlidan yozib olingan (1938) va nashr etilgan (1962). Bir varianti Matnazar Jabbor oʻgʻlidan yozib olingan (1967). Dostonda Qorabek qizlaridan birining el-yurtiga xiyonat qilishi, Qurbonbekning oʻz yurti mustaqilligi uchun kurashi, obi hayot keltirish uchun turli sarguzashtlarni boshidan kechirishi va yurtida ado-lat oʻrnatishi tasvirlangan. Asarda el-yurtga xiyonat, bosqinchilik va zoʻrlik qoralanib, tinchlik, doʻstlik va inoklik ulugʻlanadi. Matnazar baxshining repertuarida "Q." dostonining davomi sifatida "Davronbek va Zamonbek" dostoni mavjudligi qayd etilgan.