Qomus ul-aʼlom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Qomus ul-aʼlom"dan yoʻnaltirildi)

"Qomus ul-aʼlom" (arab. — "Mashhur shaxslar qomusi") — 1888—99 yillarda Istanbulda turk tilida nashr etilgan 6 jilddan iborat universal ensiklopediya. Muharriri va noshiri - Shamsuddin Somi (1850—1904). "Qomus ul-aʼlom-asr"da oʻsha davrdagi turli mamlakatlarning mashhur xalifa, amir, vazir, hokim, olim, yozuvchi, shoirlari va boshqa haqida maqolalar berilgan. Shuningdek, turli mamlakat. dengiz, togʻ va daryolar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar, Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi va mashhur shaxslar, jumladan, Abu Bakr xorazmiy, Jaloliddin Rumiy, Zebunniso va boshqa toʻgʻrisida batafsil maqolalar berilgan.