Qoʻqon yogʻ-moy aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"QOʻQON YOGʻ-MOY" AKSIYADORLIK JAMIYATI - oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Oqlangan paxta yogʻi. distillangan yogʻ kislotasi, kunjara, shulxa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zavod boʻlgan korxona 1884-yilda ishga tushirilgan. 1910-yildan Vadʼyayevlar savdo uyi tarkibiga kirgan. 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar yiliga 6,5—7,5 ming t yogʻ ishlab chiqargan. 20-asrning 30-yillarida bir necha marta rekonstrukpiya qilinib, qayta qurildi. 1947-yildan sutkalik yogʻ ishlab chiqarish quvvati 55—60 t ga yetkazildi. 1955-yilda yogʻ ekstraksiya zavodining ishga tushirilishi bilan 1956-yildan Qoʻqon yogʻmoy kombinatiga aylantirildi. Kombinatning sutkalik yogʻ ishlab chiqarish quvvati esa 125—130 t ga yetdi. Kombinatda 1962-yilda soapstok yogʻ kislotalarini distillash, 1965-yilda donador kunjara ishlab chiqarish, 1968-yilda mitselladan gossipol ajratib olish, soʻng tozalash sexlari ishga tushirilgan. 1975-yilda kombinat qoshida oʻrik, shaf-toli danagidan, uzum, soya, anor, tarvuz, qovun. chakanda urugʻidan yogʻ ishlab chiqaruvchi zavod qurildi va 80-yillar oxiriga qadar meva-sabzavot danaklari va urugʻlaridan olinadigan keng assortimentdagi yogʻlar ishlab chiqardi. 1994-yildan ochiqturdagi akiiya-aorlik jamiyati va hozirgi nomda. 90-yillarning 2-yarmidan zamonaviy chet el texnologik liniyalari bilan jihozlandi, chet el investitsiyalari jalb qilindi. 2001-yilda korxona quvvati 850—950 t/sutka chigitni qayta ishlashga yetkazildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi.