Qoʻqon superfosfat zavodi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"QOʻQON SUPERFOSFAT ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - kimyo sanoati korxonasi, oddiy, ammoniylashgan superfosfat oʻgʻitlari, kaltsiy karbid, payvandlash elektrodlari ishlab chiqaradi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. 1935 yil iyul oyida aralash oʻgʻitlar f-kasi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida mudofaa ahamiya-tiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqargan. 1941 yilda evakuatsiya qilingan Neva va Voskresensk kimyo zavodlari uskunalari asosida superfosfat sexi qurilishi boshlanib, uning birin navbati 1946 yil aprelda ishga tushi-shdi. Shu yildan "Qoʻqon superfosat zavodi" nomini oldi. 1947 yilda /lfat kislota ishlab chiqarish sexi qurilib shga tushirildi, superfosfat tanarxini kamaytirish maqsadida zavod choratov (Qozogʻiston) fosforitidan uperfosfat olishni oʻzlashtirdi. 1953 [.dan ammoniylashgan superfosfat shlab chiqarila boshlandi. 1956 yilda :ulfat kislota ishlab chiqaruvchi sex eyekonstruksiya qilindi. 1958 yilda 100% li R205boʻyicha yillik quvvati 42 ming t boʻlgan, ilgʻor texnika bilan jihozlangan ikkinchi superfosfat sexi, 1962 yilda yillik loyiha quv-vati 45,5 ming t ammoniylashgan superfosfat sexi foydalanishga top-shirildi. 1964 yilda ammoniylashgan superfosfat olishning yangi texnologiyasi (ammonizatsiyalash — quritish — yoyish — maydalash) joriy qilindi. 1974 yildan donador ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish oʻzlashtirildi (ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning 40%). 1998 yil aprel oyida Qizilqum fosforit majmuasida ishlab chiqarilgan fosforit xom ashyosidan foydalanishga oʻtdi va uning yillik ishlab chiqarish quvvati 178,0 ming t superfosfatga yetkazildi. 2003—2004 yillarda ammoniylash sex qayta jihozlandi, oʻgʻitni qadoqlash avtomatlari oʻrnatildi. 1997 yildan aksiyadorlik jamiyati. 2002 yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2004 yilda 600 t superfosfat). 2004 yilda korxonada 164,1 ming t ammoniylashgan superfosfat, 101,9 mln. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarildi.