Qoʻblon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Qoʻblon"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"QOʻBLON" — qoraqalpoq va qozoq xalq qahramonlik eposi. Qoʻblondi botir haqidagi bu eposning qozoqcha versiyasi hajmi va mukammalligi jihatidan boshqa versiyalaridan farq qiladi. Asar kek-sa va farzandsiz Toqtarboy oilasida eposga xos gʻayritabiiy ravishda qahramonning tugʻilishi, uning voyaga yeti-shi, sevgi sarguzashtlari hamda uning oʻz yurtini dushmanlardan himoya etishi aks etgan. Asarda xalqchil va demokratik motivlar kuchli. Unda xotin-qizlar ham mehribon ona, vafodor yor, hamdard sin-gillar sifatida tasvirlangan. Epos chuqur vatanparvarlik va xalqning birligi gʻoyalari bilan sugʻorilgan. "Q" voqealar rivoji hamda obrazlar tizimi jihatidan "Alpomish"ga oʻxshash. Eposning yozib olingan bir qancha versiyalari Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali kutubxonasida saqpanadi. Qoraqalpoq versiyasining akademik nashri chop etilgan (1974).