Parvina bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Parvinabank"dan yoʻnaltirildi)
Parvina bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi YAJ
Faoliyati Bank ishi
Asos solingan 1994-yil
Yopilgan yil 2009-yil
Boshqaruvchi jamiyati „Parvina“ moliya kompaniyasi[1]

Parvina Bank – 1994-yilda tashkil etilgan xususiy yopiq bank. 2009-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Bank „Parvina“ moliyaviy va savdo kompaniyasining (Samarqand) tarkibiga kirar edi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"PARVINABANK" xususiy aksiyadorlik-tijorat banki. 1994-yil 10-mayda tashkil topgan. Boshqaruvi Samarqand shahrida joylashgan. Toshkent va Buxoro shahrida filiallari bor. Mijozlarga fond birjasida xizmat koʻrsatish, davlat gʻaznasi majburiyatlari bozorida dilerlik va fond birjasida brokerlik xizmatlarini koʻrsatish, qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, davlatlararo pul oʻtkazish, koʻchirish operatsiyalari va boshqa xizmatlarni amalga oshirgan. Bank respublikada kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishda ishtirok etgan.

Nizom jamgʻarmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning Nizom jamgʻarmasi 1 mlrd soʻmni, zaxira jamgʻarmasi 230,4 mln soʻmni tashkil qilgan. Bank tomonidan berilgan kreditlar miqdori 4,1 mlrd. soʻm; koʻrilgan yillik foyda 187,5 mln. soʻm edi. 2002-yil holatiga koʻra bankning jami aktivlari 16,3 mlrd. soʻm edi[3].

Yopilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning iyul oyida, regulyator Parvina Bankdan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun umumiy litsenziyasini qaytarib oladi. 2009-yilning boshida esa bank qonunchilik talablarini buzilganligi uchun uning bank faoliyatini amalga oshirish huquqi bekor qilinadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"ПАРВИHА ХОЛДИHГ"молиявий савдо ишлаб чикариш холдинг компанияси“. Qaraldi: 16-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Одним банком стало меньше“. gazeta.uz (2009-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil