Mushfiqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Mushfiqiy"dan yoʻnaltirildi)

"MUSHFIQIY" — hajviy jurnal. "Ovozi tojik" gaz.ga ilova tarzida Samarqand shahrida 2 haftada 1-marta chiqqan. Jur. dastlab 1926—29 yillarda "Mulla Mushfiq" nomi bilan atalgan. 1930-yilda qayta tashkil etilib, "M." nomi bilan 1937-yilgacha muntazam chiqib turgan. Jur. nomi forstojik tilida ijod qilgan buxorolik shoir Abdurrahmon Mushfiqiy (1525—88) nomi bilan bogʻliq boʻlib, u lirik sheʼrlar bilan birga xalqning tuznasibasiga sherik boʻlgan, insofsiz, diyonatsiz, riyokor kishilarni fosh etuvchi ichakuzdi sheʼrlar ham yozgan. Shuning uchun ham Mulla Mushfiqiy nomi tojik xalq latifalari qahramoniga aylanib ketgan. Jur.da, asosan, samarqandlik va buxorolik tojikzabon yozuvchilarning hajviy asarlari bosilgan. Hoji Muin jur.ga masʼul kotiblik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil