Muayyid ul-fuzalo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Muayyid ul-fuzalo"dan yoʻnaltirildi)

Muayyid ul-fuzalo ("Fozillar yordamchisi") — 16-asrning 1-choragida Hindistonda Muhammad ibn Lod ibn Abduvahob tomonidan yaratilgan forscha izohpi lugʻat. Unda forscha hamda fors tiliga oʻtgan arabcha, turkiy soʻz va iboralar izohlangan. Bu asardan Muhammad Gʻiyosiddin Tompuriy oʻzining "Gʻiyos ullugʻat"ini yozishda foydalangan. Lu-gʻat soʻzlarning bosh harfi tartibida kitoblarga, har bir kitob soʻzlarning oxirgi harfi tartibida boblarga boʻlingan. Har bir bob 3 fasldan iborat boʻlib, birinchisiga arabcha, ikkinchisiga forscha va uchinchisiga turkiy soʻz va iboralar kiritilgan. Bu asarning qoʻlyozma nusxalari Parij, Berlin, London, Bombay qoʻlyozma fondlarida va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. №2215).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil