Oʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (Milliy tiklanish) 1995 yil 3 iyunda Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Taʼsis qurultoyida tashkil qilingan. Bu partiya oʻz faoliyatida koʻproq ziyolilarga suyanadi. Aʼzolari soni 6 mingga yaqin.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardir:

  • millatning maʼnaviy birligi;
  • Vatan (Turkiston) — yagona oila;
  • kuchli demokratik davlat;
  • milliy qadriyatlar;
  • ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya;
  • zamon kishisi;
  • milliy istiqbol.

Partiya Millat, Inson va Vatan manfaatini muqaddas deb bilan.

Matbuot organi — «Milliy tiklanish» gazetasi.

Bu partiya Oliy Majlisda oʻz fraktsiyasiga ega emas.