Irshod az-ziroʼa fi ilm alhirosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"IRSHOD AZ-ZIROʼA FI ILM ALHIROSA" ("Dehqonchilik ilmi haqida qoʻllanma") — 1515-yil hirotlik olim Niyoziy Hiraviy tomonidan yozilib, temuriylardan Sulton Mahmudga takdim etilgan asar. 8 bob (Ravza-gulshan) dan iborat: 1) tuproqshunoslik (yerning turlari); 2) har xil ekinlarni ekish jadvali; 3) don ekinlari, 4) uzumchilik; 5) sabzavotchilik va koʻk ekinlar; 6) meva, man-zarali daraxtlar va gul ekish; 7) pay-vand qilish, mevali daraxtlarni ekish tartibi, sugʻorish usullari va asalarichilik; 8) mevali va manzarali daraxtlar, gullarni maʼlum reja (tarh) bilan ekish. Muallifning fik-richa, yerni yaxshi haydash, oʻgʻitlash, sugʻorish, ekinni oʻz vaqtida ekish va parvarish qilish tufayli har qanday yerdan ham yuqori hosil olish mumkin. Asarda urugʻ tanlashga alohida eʼti-bor berish lozimligi koʻrsatilgan. Asarning don, texnika ekinlari, paxtachilik, bogʻdorchilik, poliz ekinlari, sabzavotchilik va gulchilikka bagʻishlangan boblari diqqatga sa-zovor. Unda meva navlarini yaxshilash uchun payvand qilish va changlatishning ahamiyati kattaligi yozilgan. Oʻrta Osiyo dehqonchilik agrotexnikasini oʻrganishda qimmatli manba boʻlgan bu asarning qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. N565).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil