Ipak yoʻli banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Ipak yo‘li" bankidan yoʻnaltirildi)
Ipak yoʻli banki
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 1990-yil dekabr
Bosh kompaniyasi „Baraka“ universal lizing
„Oʻzbekinvest“ SK
„Kafolat“ SK
Ipak yoʻli banki Vikiomborda

Ipak yoʻli banki — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat-innovatsiya banki. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, 1990-yil dekabr oyida tashkil etilgan. Boshqaruvi (bosh boʻlimi) Toshkent shahrida joylashgan. Mirzo Ulug'bek (Toshkent sh.), Navoiy (Navoiy sh.) filiallari, Umar (Samarkand sh.), Namangan (Namangan sh.) mintaqaviy filiallari bor. Bankning asosiy aksiyadorlari „Baraka“ universal lizing kompaniyasi, „Oʻzbekinvest“ milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi, „Kafolat“ davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va b. (jami aksiyadorlari soni 400 dan ortiq; 2002). Bank faoliyat yuritayotgan hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes korxonalari, davlat tashkilotlari va muassasalariga bank xizmatlari koʻrsatish, korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bank keng koʻlamdagi bank xizmatlari va kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing, faktoring va loyihalarni moliyalashtirish operatsiyalarini, naqd va naqd boʻlmagan valyuta mablag'lari bilan amalga oshiriladigan amaliyotlarni, mijozlar (8 mingga yaqin) nomidan qimmatli qogʻozlar bozorida amaliyotlarni oʻtkazadi. Xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlik qiladi.[1]

Rasmiy ilovasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi - Ipak Yo'li Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]