Fayz xolding kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Fayz" xolding kompaniyasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"FAYZ" XOLDING KOMPANIYASI — Oʻzbekiston Respublikasida mebel sanoatining yirik kompaniyasi. Toshkent shahrida joylashgan. 1997 yilda "Mahalliy sanoat" korporatsiyasining bir nechta korxonalari negizida tashkil etilgan. Bosh korxonasi — oshxona mebellari va boshqa mebellar ishlab chikaradigan mebel zavodi (1979) negizida tashkil etilgan "Fayz" qoʻshma korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyati. Tarkibida 30 korxona va tashkilotlar, shu jumladan, 10 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi qoʻshma korxona bor. Kompaniya ustav kapitalida chet ellik investorlar ulushi 67% ni tashkil etadi. Kompaniya korxonalarida yumshoq va ofis mebellari, oshxona mebellari, yotoqxona toʻplamlari, maktablar va oʻquv yurtlari, bolalar sporti, mehmonxonalar uchun turli mebellar ishlab chiqariladi. Madaniyat, sogʻliqni saklash muassasalarini, maʼmuriy binolarni jiqozlash uchun maxsus mebellarni ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan, shuningdek, porolon, gugurt va boshqa mahsulotlar xam ishlab chiqariladi. Kompaniya korxonalari ilgʻor xorijiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Kompaniyada Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan laminatsiyalangan DSP taxtalari ishlab chiqaradigan korxona faoliyat koʻrsatadi. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2000 yilda 300 ming , 2003 yilda 1,15 mln., 2004 yilda 1,16 mln. AQSH dollari qiymatidagi mebel va laminatsiyalangan taxtalar eksport qilindi). 2003 yilda kompaniya korxonalarida 8,1 mlrd. sumlik sanoat mahsulotlari, 5,9 mlrd. soʻmlik isteʼmol tovarlari va 5,3 mlrd. soʻmlik mebel ishlab chikarildi.

Mukarram Azimova.