Fargʻona yogʻ-moy aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"FARGʻONA YOGʻ-MOY" AKSIYADORLIK JAMIYATI — yogʻmoy sanoatining yirik korxonasi. "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibida. Tozalangan va hidsizlantirilgan paxta yogʻi, paxta salat yogʻi, ozuqa salomasi, texnik salomas, texnik salomas yog kislotalari, 88—98%li va yuqori navli glitserin, xoʻjalik sovuni, atir sovun, soya yogʻi va shroti ishlab chikaradi. Korxona dastlab Fargʻona davlat yogʻ zavodi nomi bilan 1930 yil 1 okt .da foydalanishga topshirilgan. 1931 yil sovun zavodi hamda yogʻni rafinatsiyalash sexi, 1935 yil texnik glitserin ishlab chiqarish sexi, 1946 yilda gidrogenizatsiya zavodi ishga tushirilgan. 1947 yildan Fargʻona yogʻmoy kombinati. 1950 yilda glitserinni bugʻlantirib sof toza mahsulot ishlab chikaruvchi glitserin sexi, 1958 yilda yogʻni reaktivsiz parchalash sexi, 1959 yilda soapstok yogʻ kislotalarini distillyatsiya qilish tizimi kurildi. 1966 yildan mayonez tayyorlashda ishlatiladigan salat yogʻi ishlab chiqarish yoʻlga koʻyiddi. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Korxona bir sutkada 800 t paxta chigitini kayta ishlash kuvvatiga ega. Chet el texnologik uskunalari bilan jihozlangan. 2003 yilda korxonada 9,8 ming tonna paxta yogʻi, asosiy mahsulotlardan 2358 t "Uzbekistan" yogʻi, 259 t salat yogʻi, 1096 t glitserin, 7676 t xoʻjalik sovuni, 1224 t atir sovun, 14064 t texnik salomas, 1293 t soapstokning distillangan yogʻ kislotalari ishlab chiqarildi. 2002 yildan xorijdan olingan soya dukkaklaridan soya yogʻi ishlab chiqaradi. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlardan soya shroti, glitserin chet ellarga eksport qilinadi.