Fargʻona haqiqati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Fargʻona Haqiqati"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"FARGʻONA HAQIQATI" - Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1917 yil okt.dan Qoʻqon shaqrida "El bayrogʻi" nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik "Mehnat bayrogʻi" (1918 — 22), "Fargʻona" (1922—26), "Yangi Fargʻona" (1926— 32), "Kommuna" (1932—90), "Oltin vodiy" (1991—93) nomlari bilan chiqqan; 1993 yil noyabrdan hozirgi nomda.

Oʻz vaqtida gaz.ning faoliyat koʻrsatishiga Akmal Ikromov, Nazir Toʻraqulov singari respublika arboblari yaqindan yordam berishgan. Gaz.ning ommalashib borishida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Soʻfizoda, Abdulla Qodiriy, Sobir Abdulla, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Sharif Rizo, Naim Sayd, Sharif Murtazin, Toʻlagan Soatov, Muhiddin Xayrullayev, Hasan Izzatiy kabi yozuvchi va jurnalistlarning xizmati katta boʻlgan. Keyinchalik ularning ishini A.Mirzayev, A.Hamdam, J.Mashrabiy, Sh.Toshmatov, Yu.Karimov, H.Qodirov, A. Qambarov, A.Olim, V.Muzaffarov kabi jurnalistlar davom ettirgan. Oxunjon Hakimov, Muhammadjon Xayrullayev, Abdukarim Nabixoʻjayev, Yoʻldosh Sulaymon, Malika Mirzayeva, Sanʼat Mahmudova, Abdujabbor Husanov, Komil Joʻra, Alisher Ibodinov, Muhabbat Ibrohimova, Abdujalil Bobojonov, Mahfuza Usmonovalarning gaz. ijodkorlarining 3avlodi deyish mumkin.

Gaz.ga turli yillarda B. Soliyev, A. Zohiriy, Q. Sorokin, M.Miroqilov, Naim Sayd, Lutfulla Olimiy, Akmal Poʻlat, Ahmad Yodgorov, Abdulla Mirzayev, Adxam Hamdam, Doniyor Ergashev, Ahmadali Xoʻjayevlar muharrirlik qilishgan.

1993 i. noyabrdan "F.H." va "Ferganskaya pravda" gaz.larining taxririyatlari birlashtirilgan. "F.H." va "Ferganskaya pravda" gaz.lari viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan, buiyodkorlik ishlaridan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, islohotlarni chuqurlashtirish, xalq farovonligi va turmush darajasini oshirish, tinchtotuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishlariga jalb qilishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Ayni paytda gaz. haftasiga 2 marta 8 sahifada 7 ming nusxada chop etilmokda. Bosh muharriri: Fotih Azimov (2002 yil sentabrdan).

Abdujalil Bobojonov.