El bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("El Bayrog‘i"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"EL BAYROGʻI" — milliy gaz. 1917 yil 8 sentyabrdan Qoʻqon shahrida "Gʻayrat" kutubxonasi tomonidan nashr etila boshlagan. 1917 yil 13 dek.dan keyin Turkiston muxtoriyatitsht rasmiy gaz.siga aylangan. "Turk elining moddiy va maʼnaviy ehtiyojidan bahs etadi, muvaqqat hukumatning tadbir va siyosatlaridan" yozsada, ammo, asosan "Yashasin, Turkiston muxtoriyati, yashasin, qoʻshma xalq jumhuriyati" shiori ostida xalqning ijtimoiy ongini uygʻotishga intilgan. Qoʻqonda barpo etilgan Turkiston Muxtor Respublikasini himoya qilgan va uning fikrini izhor etgan.

Gaz.ga Bulat Soliyev, keyinroq Ashurali Zohiriy muharrir boʻlgan. Abdulla Begiy (Mustaqayev), Noʻshiravon Yovushev, Abdulla Xayrulla oʻgʻli, Oʻgʻuzxon (Qoriyev), Teshaboy (Choʻlpon), Sardor, Ismoil Obidov, Hoji Hofiz Nurmuhamedov, Yunusjon Ogʻaliqov, Rauf Yoqubov va boshqalar oʻz maqolalari bilan gaz.ga muntazam qatnashib turgan. 20 soni chiqib toʻxtagan. Adadi 1000 nusxaga yetgan.