El bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("El Bayrog`i"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
El bayrogʻi
„Yashasun qoʻshma xalq jumhuriyati!“
El bayrogi logo.png
El bayrogi.jpg
Gazetaning birinchi soni
Turisiyosiy, adabiy, ijtimoiy gazeta
Formati

Noshir„Gʻayrat“ kutubxonasi
Bosh muharrirBoʻlod Soliyev
Ashurali Zohiriy
Asos solingan1917-yil 8-sentabr
Siyosiy tegishliligiliberal-demokratik, progressiv
Tilioʻzbekcha
Nashrning to`xtatilishi1918-yil
Bosh ofisiQoʻqon
Adadi800—1000 nusxa

El bayrogʻi1917-yilning 8-sentabridan Qo’qon shahrida chiqa boshlagan siyosiy, adabiy va ijtimoiy gazeta. Dastlabki muharriri tarixshunos olim Bo’lat Soliev bo’lgan. Keyinchalik unga Ashurali Zohiriy hammuharrir bo’lgan. Noshiri Qo’qondagi “G’ayrat” kutubxonasi. Adadi 800-1000 nusxa atrofida. Mix bosmada chop etilgan. Gazetaning vazifasi shunday bayon etiladi: “... turk elining hozirgi zamondag’i moddiy va ma’naviy ehtiyojotidan bahs etadur ham muvaqqat hukumatning tadbir va siyosatlaridan va muhoraba xabarlarining eng mujuqlaridan yozadur”. Shiori: “Yashasun qo’shma xalq jumhuriyati!”. Gazeta haftada ikki marta chiqib turishni va’da qilgan bo’lsa-da, 1918-yilning yanvaridan boshlabgina bu va’dasiga amal qildi. Uning birinchi sahifasida o’sha davrning muhim da’vatlari bosildi. Jumladan, 1-sonda “Musulmonlar! Gorodskoy dumag’a saylov kunlari yaqinlashadur. G’ofil qolmanglar!”, degan chaqiriq bor. “El bayrog’i” dastlabki sonlaridanoq mahalliy xalqni zamonning dolzarb bo’lib turgan ijtimoiy-siyosiy voqealaridan ogoh etib borishga intildi. Gazeta 1917-yil 26-dekabrda ish boshlagan “Turkiston musulmon mehnatkash va askarlarining birinchi qurultoyi”dan ancha mufassal hisobotni chop etgan. “El bayrog’i” rasmiy xabarlar qismida Turkiston muxtoriyati hukumati chiqargan qarorlarni bosgan. O’z sonlarida Turkiston muxtoriyatini muxolif kuchlardan himoya qilish va mustahkamlashga da’vat ruhidagi materiallarni muntazam berib borgan. Unda Abdulla Begiy (Mustaqayev), Noʻshiravon Yovushev, Abdulla Xayrulla oʻgʻli, Oʻgʻuzxon (Qoriyev), Teshaboy (Choʻlpon), Sardor, Ismoil Obidov, Hoji Hofiz Nurmuhamedov, Yunusjon Ogʻaliqov, Rauf Yoqubov va boshqalar oʻz maqolalari bilan muntazam chiqib turganlar. Gazeta imkon boricha xalqni Turkiston muxtoriyatini saqlab qolishga da’vat qilib, o’z kuchiga ishontirishga uringan. O’zbek matuboti tarixining tadqiqotchisi Ziyo Saidning yozishicha, “El bayrog’i” yigirma son atrofida chiqib, Turkiston muxtoriyati bostirilishi bilan bolsheviklar tomonidan to’xtatilgan.