Damachi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"DAMACHI" AKSIYADORLIK JAMIYATI — OʻzRdagi dastlabki tashkil qilingan baliqchilik xoʻjaliklaridan biri. Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan. 1941—1946-yillarda tashkil etilgan va 1946-yildan ish boshlagan. 1994-yilgacha baliq boqiladigan "Damachi" baliqchilik kombinati, 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 12 semirtirish hovuzi, 6 oʻstirish hovuziga va 1 tutilgan baliklar saqlanadigan hovuzga ega. Jami maydoni 550 ga; shundan 249 ga maydonni baliq, boqiladigan hovuzlar tashkil etadi. Gektaridan 35—37 s, baʼzi hovuzlardan 40 s gacha baliq ovlanadi. Yiliga 600— 650 t baliq yetishtiriladi. Xoʻjalikda tutilgan baliq maxsus "Tirik baliq" avtomashinalarida Toshkent viloyati shaharlari va Toshkent shahar savdo shoxobchalariga joʻnatiladi. Xoʻjalikda dudlangan baliq yetkazib beradigan maxsus sex ishlaydi. Xoʻjalikning pogʻonali qilib qazilgan hovuzlarida kollektor va h.k. ekinlaridan boʻshagan oqova suvlardan foydalaniladi.

Jahongir Hoshimov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil