Buxoroyogʻ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Buxoroyog‘" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — oziq-ovqat sanoati korxonasi. "O‘zyog‘moytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Asosan o‘simlik yog‘i, sovun, shuningdek chorva uchun aralash yem ishlab chikaradi. Loyiha quvvatiga ko‘ra sutkasiga 300 t chigitni qayta ishlaydi. 1953 yilda ishga tushirilgan, 1994 yil iyundan hozirgi nomda. 1997 yildan Fransiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida "Somoniy" mineral suvi ham chiqariladi. Kelgusida yog‘ni dezodaratsiya qilish va qadoqlash hamda aliflok ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirish rejalashtirilgan (2001).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil