Buxoroyogʻ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Buxoroyogʻ" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — oziq-ovqat sanoati korxonasi. "Oʻzyogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Asosan oʻsimlik yogʻi, sovun, shuningdek chorva uchun aralash yem ishlab chikaradi. Loyiha quvvatiga koʻra sutkasiga 300 t chigitni qayta ishlaydi. 1953-yilda ishga tushirilgan, 1994-yil iyundan hozirgi nomda. 1997-yildan Fransiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida "Somoniy" mineral suvi ham chiqariladi. Kelgusida yogʻni dezodaratsiya qilish va qadoqlash hamda aliflok ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirish rejalashtirilgan (2001).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil