Boshlangʻich taʼlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Boshlang'ich ta'lim"dan yoʻnaltirildi)

Boshlangʻich taʼlim — umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi. OʻzRda Boshlangʻich taʼlim 1—4sinflarda bolalarga ilk taʼlim berish, ularni maʼnaviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. U 1—4sinflarni oʻz ichiga oladi va oʻqish 6—7 yoshdan boshlanadi. Bunda taʼlim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega. OʻzRning 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunida Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga karatilgan. Boshlangʻich taʼlim sinflari uchun oʻquv rejasi va dasturlari mavjud. Boshlangʻich taʼlim da oʻquv rejasi asosida ona tili, mat., tibbiyot, tarix (tarixiy mavzulardagi matnlar asosida), rus tili, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Ona tili darsida xatsavod oʻrgatiladi, nutqni oʻstirish, oʻqish va yozishga oʻrgatish yuzasidan maxsus mashgʻulotlar oʻtkaziladi, dastur asosida imlo qoidalari va baʼzi grammatik vositalar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlar beriladi. Mat. darsida 4 arifmetik amal ichida hisoblash (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish) oʻrgatiladi, algebra va geom.ga oid ilk tushunchalar bilan tanishtiriladi. Boshlangʻich taʼlim da maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻrgatish hamda hosil qilishga erishish uchun taʼlimning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi (yana qarang Boshlangʻich maktab).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdullayev, Yoʻldosh. „Boshlangʻich taʼlim“ OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil