Barkamol avlod sport oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"BARKAMOL AVLOD" SPORT OʻYINLARI — Oʻzbekistonning kasbhunar kollejlari va akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini ni-shonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtka-zish toʻgʻrisida"gi qarori (2001 y. 19 yanvar) asosida tashkil etilgan hamda "Uquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga binoan respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan. Maqsadi — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi oʻquv muassasalaridagi oʻquvchi yoshlarni jismonan yetuk, axloqan bar-kamol va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviylashtirish. "Barkamol avlod sport oʻyinlari " s.oʻ.da badiiy gimnastika, bas-ketbol, boks, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan va shaxmat, bel-bogʻli kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi. Saralash musobaqalari oʻquv yurti, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Respublika final bosqichlari ilk bor Jizzax (2001), soʻngra Andijon (2003) va uchinchisi Toshkent (2005) viloyatlarida boʻlib oʻtdi. Uchinchi "Barkamol avlod sport oʻyinlari " s.oʻ. saralash musobaqalarida 645 mingdan ziyod, uning final bosqichida 2170 nafar oʻquvchi qatnashdi (2005).