Badoye ul-lugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Badoye ul-lugʻat"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Badoye ul-lugʻat ("Ajoyib lugʻat") – Alisher Navoiyning sheʼriyatini izoxlash uchun tuzilgan oʻzbekcha-forscha lugʻat. Muallifi – Tole Hiraviy. 1500-yillarda Sulton Husaynning topshirigʻiga binoan tuzilgan. "Badoye ul-lugʻat"da mingga yaqin soʻz va iboralar berilgan. Hajmi – 180 bet. 1–10- betlarida lugʻatchilik va bu lugʻat haqida maʼlumot berilgan. Unda ot, sifat, son va olmoshlar bosh kelishikda, feʼllar masdar shaklida koʻrsatilgan. "Badoye ul-lugʻat" lugʻatchilik taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Prof. A. K. Borovkov tomonidan oʻrganilib, nashr ettirilgan (1961).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Badoye ul-lugʻat" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil