Andijonyogʻmoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Andijonyogʻmoy" Aksiyadorlik Jamiyati — oziq-ovqat sanoati korxonasi, Andijon shahrida joylashgan. "O‘zyog‘moytamakisanoat" uyush-masi tarkibiga kiradi. Paxta chigitidan moy, xo‘jalik sovuni, shulxa, kunjara va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1907—54 yillarda Andijon yog‘ zavodi, 1954—94 yillarda Andijon yog‘-moy kombinati, 1994 yil dekabrdan hoz. nomda va ochiq turdagi ak-siyadorlik jamiyati. 1907 yil "T. K. Solovev va uning kompaniyasi" xususiy fir-masi tomonidan tashkil etilgan (sutka-siga 50 t chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan). 1930—31 yillar qisman qayta jihozlash ishlari o‘tkazilib, chi-gitdan tuk aj-ratib oluvchi sex va bug‘ qozoni, ta’mirlash sexi, lab. qurildi, ish quvvati sutkasiga 200 t chigitni 513qayta ishlashga yetkazildi. 1949 yildan uzluksiz ekstraksiya usuli bilan yog‘ olish o‘zlashtiriddi. 1960 yilda sovun sexi ishga tushirilgach, i.ch. ko‘rsatkichlari uch baravar oshdi. 1962 yildan yog‘ni soapstok-dan yog kislotalarini distillyatsiya usuli orqali olish sexi ishga tushirildi, na-tijada sovun sifatini yaxshilashga eri-shildi. 1983—93 yillarda korxonaning asosiy i.ch. sexlari zamonaviy xorijiy texnologik liniyalar bilan jihozlandi. 1975—96 yillarda korxonaning quvvati sutkasiga 540 t chigitni qayta ishlashga va 85 t xo‘jalik sovuni i.ch.ga yetkazildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil