Andijonkabel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Andijonkabel" Aksiyadorlik Jamiyati — elektr texnika sanoati korxonasi, Andijon viloyatining Xonobod sh.da joylashgan. "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tarkibiga ki-radi. 1985—94 y.larda "Andijonkabel" i.ch. birlashmasi. 1994 y.dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Turli markadagi kabellar, elektr usku-nalari va elektr tarmoqlari uchun sim-lar — mis, jez (mis va rux qrtishmasi), nikel simlari va simto‘rlari, xalq is-te’moli tovarlari ishlab chiqaradi.1982—85 y.larda korxonaning 1-nav-bati, 1987 y.da 2-navbati qurilib, ishga tushirilgan. Korxonaning 2-navbati ishga tushirilgandan keyin quvvati yi-liga 823 ming km elektr simlari, 520 ming m2simto‘rlar i.ch.ga yet-kazildi. 1988 y.da Finlyandiyaning "Nokiya" fir-masida tayyorlangan liniyalar o‘rnatildi va yiliga 30 ming shartli km shahar tele-fon kabellari i.ch. o‘zlashtirildi. 1986 y.da korxonaning filiali bo‘lgan To-polino ro‘zg‘orbop kabel mahsulotlari zavodi ishga tushirilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil