Andijon agrofirmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Andijon agrofirmasi" Aksiyadorlik Jamiyati - kon-serva sanoati korxonasi. Andijon sh.da joylashgan. "O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Meva konservalari va sharbatlari, tomat qaylasi, jem, qiyomlar, turli xildagi tuzlama sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxona 1942 y.da Simfero-poldan evakuatsiya qilingan konserva zavodi negizida Andijon konserva zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994 y.dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik ja-miyati. Dastlab faqat bochkalarda tuzlan-gan pomidor, qisman qiyom va povidlo ishlab chiqargan. 1946 y.dan korxonaning i.ch. quvvati oshirildi, turli meva-sab-zavot konservalari i.ch. 20 mln. bankaga 494etkazildi. 1965—75 y.larda tomat sex-lari qayta qurilib, bir sutkada 1000 t gacha pomidorni qayta ishlash mumkin bo‘lgan avtomat liniyalar o‘rnatildi, korxonaning yillik quvvati 106 mln. shartli banka mahsulotga yetkazildi. 1991 y.da meva sharbati i.ch. sexi ishga tushirildi. Korxonada har yili o‘rtacha 40,08 mln. shartli banka mahsulot ish-lab chiqariladi. Korxona huzurida chet el sarmoyalari asosida "Andijon durdo-nasi" meva sharbati ishlab chiqaradigan "Anglo-invest" hamda go‘sht konservasi ishlab chiqaradigan "ARM S" qo‘shma kor-xonalari ishlaydi. Korxona meva sharba-ti va konserva mahsulotlarini eksportga chiqaradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil