Andijanskaya pravda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Andijanskaya pravda"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"Andijanskaya pravda" ("Andijon haqiqati") — Andijon viloyati Hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy gazeta. Andijon shaharda rus tilida xaftada 2 marta chiqadi. Dastlab (1916 yil I iyulda) "Turkestanskiy golos" ("Turkiston ovo-zi") nomi bilan nashr etilgan. Uni demo-kratik qarashlari bilan tanilgan A.A. Chay-kin o‘z mablag‘i hisobiga chiqargan (gazetaga o‘zi muharrirlik qilgan). Gazeta Farg‘ona vodiysidagi hayotni muntazam yoritib, Toshkent, O‘sh, Petrograd, Moskva va boshqa shaharlardagi, shuningdek chet ellardagi voqealar bilan aholini tanishtirib bor-gan. Keyinchalik gazeta turlicha nomlangan (1918—21-yillarda "Izvestiya"). 1954 yildan hozirgi nomda. Gazetada turli davrlarda R.A. Safarov, N.S. Korkin, P.P. Volkov, G.Kraynov, S. Beznosov kabi tanikli jurnalistlar faoliyat ko‘rsatgan. 2000 yil 31 mayda "A.p." tahririyati "Andijon-noma" gazeta. tahririyatiga qo‘shildi. Gazeta viloyatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni, umuman Andijon aholisi hayotini izchil yoritib boradi. Adadi 2 mingga yaqin (2000).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil