Amir Temur ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Amir temur" ordenidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Amir Temur order.png

"Amir Temur" ordeni - Oʻzbekistonning davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me’morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san’atni, shu jumladan, harbiy mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun O‘zR fuqarolari mukofotlanadilar. Ushbu orden bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo‘shganlik uchun O‘zR fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1996-yil 26-aprelda ta’sis etilgan (shu ordenni ta’sis etish haqidagi Qonun bilan O‘zRning 1995 y. 22 dekabrda qabul qilingan "Davlat mukofotlari to‘g‘risida"gi Qonunning 11-moddasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan). Orden tilla qoplangan 925 darajali kumush qotishmadan tayyorlanib, sakkiz qirrali bo‘rtma yulduz ko‘rinishida bo‘lib, Amir Temurning ulug‘vor qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Muallifi — O‘zbekiston Respubikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov. Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qo‘shgan buyuk hissasining e’tirofi sifatida — Samarqand, temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari-ni e’tiborga olib — Shahrisabz ana shu orden bilan taqdirlandi (1996 y. 18 okt.) O‘zbekiston davlatchiligini barpo etish va jahon hamjamiyatida millatimiz obro‘sini yuksaltirish, fuqarolar tinchligini va umummilliy totuvlikni mustahkamlash, madaniy qadriyatlarni asrab qolish va rivojlantirish borasida buyuk xizmatlari uchun hamda tug‘ilgan kuniga 60 yil to‘lishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu orden bilan mukofotlandi (1997 y. 26 dekabr)[1].

Manbalar[tahrir]